So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

PFL "SHerdor" klubi va ikki nafar futbolchini nega ogohlantirdi? Yangiliklar

PFL "SHerdor" klubi va ikki nafar futbolchini nega ogohlantirdi?

Teglar :  PRO-ligaSHerdor
Pro ligada yuzaga kelgan yozgi tanaffus ham nihoyasiga etmoqda.

Klublar yozgi transferlar oynasi ochiq paytda bir qator yangi futbolchilar bilan o'z saflarini to'ldirishga harakat qilishdi.

Samarqandning “SHerdor” klubi ham tarkibga yangi o'yinchilarni jalb etdi. Biroq PFLning maxsus ishchi guruhi vaziyatni chuqur o'rgangach, “SHerdor” klubi bilan shartnoma imzolagan ikki futbolchi bu jarayonda qoida buzilishiga yo'l qo'ygani malum bo'ldi.

Gap shundaki, aslida transfer huquqi “Mashal” jamoasiga tegishli bo'lgan Tursunmurod Hamdamov yil so'nggiga qadar “Zomin” jamoasiga ijaraga berilgan edi. Biroq yozgi transferlar vaqtida “SHerdor” bilan kelishuvga erishgan futbolchi “Zomin” bilan tuzilgan amaldagi ijara-shartnomasini bekor qilib o'tirmasdan Samarqand klubi tomonidan taklif qilingan shartnomaga imzo chekkan.

SHuningdek, “Zomin” jamoasi safida o'ynab kelayotgan Ubaydulla Nabievda ham “SHerdor” safiga o'tish niyati paydo bo'ladi. “Zomin” bilan tuzilgan amaldagi shartnomani bekor qilish uchun esa Nabiev aslida samarqandlik ekani hamda uylanish niyati borligini vaj sifatida ko'rsatadi.

Mazkur ikki holatni chuqur tahlil etgan PFL ishchi guruhi har ikki vaziyatda ham futbolchilar aybi salmoqli ekanini qayd etdi. Zero bir jamoa bilan amalda shartnomasi bo'la turib, ikkinchi klub taklif etgan shartnomaga imzo chekish hech qanday qoidalarga to'g'ri kelmasligini barcha juda yaxshi biladi. Agar boshqa bir klub moliyaviy jihatdan yaxshiroq shartnoma taklif etadigan bo'lsa, ayni vaqtda o'ynab turgan klub bilan tuzilgan amaldagi shartnoma ikki tomonning roziligi bilan bekor qilinishi talab etiladi. SHu sababdan ham har ikki futbolchi jiddiy tarzda ogohlantirildi. Biroq hali ularning yosh ekani inobatga olinib, har ikkala o'yinchiga ham bundan buyon qonun buzilish holatlariga yo'l qo'ymasligi tushintirildi.

Agar qaysidir futbolchi amalda shartnomasi bo'la turib, boshqa klub bilan shartnoma imzolaydigan bo'lsa, PFL o'sha o'yinchini malum muddatga futbol faoliyatidan chetlatadi.

SHuningdek, PFL “SHerdor” futbol klubini ham ogohlantirdi. Kelgusida ham mazkur klub boshqa jamoaga tegishli futbolchilar bilan o'zboshimcha tarzda shartnoma tuzgudek bo'lsa, “SHerdor”ga nisbatan jiddiy sankciyalar qo'llaniladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика