So’nggi yangiliklar

14:10Испания ЖЧ-2026дан воз кечишга тайёр — сабаб Исроил  3 13:42ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон бир поғона юқорилади  3 13:26Максим Шацких: "Биз сафарда Туркманистон терма жамоасига қарши ўйнадик, буни унутмаслик керак"  6 12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  2 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  10 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   6 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  12 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   1 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0

PFL rahbarining vakolati doirasiga kirmaydigan masalalarga aralashishga haqqi bormi? Yangiliklar

PFL rahbarining vakolati doirasiga kirmaydigan masalalarga aralashishga haqqi bormi?

“Bunyodkor” futbol klubining iqtidorli yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning “Lokomotiv” (Moskva) jamoasiga transfer qilinishi ayni paytda yurtimiz futbol jamoatchiligi etiborida bo'lib turibdi.

Kuni kecha O'zPFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev o'z Telegram kanalida bu vaziyatga o'z qarashlarini bayon etdi. Bizga malum bo'lishicha, kecha O'zbekiston futbol assosiaciyasida ushbu mojaroli holat bo'yicha yig'ilish o'tkazilib unda PFL rahbari, “Bunyodkor”ning sobiq rahbari va jamoa bosh murabbiyi ishtirok etgan. Yig'ilish davomida Jasur Jaloliddinovning Moskva klubiga transfer qilinishi FIFA qonun-qoidalariga mos tarzda amalga oshirilgani tushuntirib berilgan.

Albatta, maqsad va vazifalari “Mamlakatimizda professional futbolni takomillashtirish tizimi birinchi navbatda professional futbol klublarimizning Osiyo chempionlari ligasida muvaffaqiyatli qatnashuvini taminlash, shuningdek FIFA, OFK chempionatlari va xalqaro musobaqalarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan yuqori malakali futbolchilar bilan terma jamoalarimiz tarkibini mustahkamlashdan iborat” deguvchi tashkilot rahbarining bu vaziyatga o'z munosabatini bildirishi quvonarli hol. CHunki bungacha tashkilotda rahbarlik qilganlarning bu kabi vaziyatlarda umuman munosabat bildirishganini eslay olmaymiz. Ammo Diyor Abrorovichning bu vaziyatga bo'lgan shubhali munosabati bizda ham bazi shubhalarni uyg'otdi.

Masalan, “Jaloliddinovga Turkiyadan 400 ming evrolik taklif turganda nega u erkin agentga aylantirilib, keyin “Lokomotiv”ga yo'naltirilgan?” deya o'quvchilarga savol bilan murojaat qilgan tashkilot rahbari bunday savol bilan faqatgina klub prezidenti qo'li ostidagi xodimlarga yoki transferni amalga oshirishga bosh-qosh bo'lgan insonlarga murojaat qilishi mumkinligini nahot bilmasa yoki tushunmasa?

Agar bilmasangiz, bildirib qo'yamiz: klub ichki ishiga aralashish, qaysidir futbolchining qaysi klubga o'tishiga yoki maydon maysasini qaysi texnika bilan o'rish, pardozlashiga aralashish mutlaqo PFLning, direktor vazifasini bajaruvchi rahbari vakolatiga ham kirmaydi.  

Qolaversa, futbolchining o'zi Rossiya klubiga o'tishi oldidan bergan intervyusida Turkiya va Rossiya klubidan taklif bo'lgani haqida gapirib, aynan o'zi “Lokomotiv” variantini tanlaganini ochiq-oydin aytib o'tgan. Keyin endigina 18 yoshga to'lgan, hali terma jamoa tarkibidan muqim joy olmagan futbolchi transferidan klub g'aznasiga yaxshigina mablag' (350 ming evro) kelib tushgan. Yuqorida takidlaganimizdek, ushbu transfer xalqaro maqomga ega bo'lgan va FIFA qonun-qoidalariga mos tarzda amalga oshgan. Agar hujjatlarida qandaydir noaniqliklar bo'lganida, bu o'tish amalga oshmagan bo'lardi.

“Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jaloliddinov transferi borasida axborot berishni so'rab ikki marta “Bunyodkor”ga murojaat qilgan, ammo ish pishmaguniga qadar “Bunyodkor” javob xatini paysalga solgan. Nega?”

Bilishimizcha, “Bunyodkor” allaqachon Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tgan, yani agentlik klub boshqaruvini qo'lga olgan. Demak agentlik o'z qo'li ostidagi klubga xat bilan murojaat qilgan. Javob olmagan bo'lishiyam mumkin. Xo'p, buning PFLga qanday aloqasi bor? Yoki agentlik PFLga “klubga xat bilan chiqdik, javob bermayapti” deb arz qilganmi? Arz qilgan taqdirdayam ikki tashkilot o'rtasidagi o'zaro kelishuv yoki kelishmovchilikni PFL rahbari tomonidan ommaga olib chiqilishidan kim manfaatdor? O'quvchilariga bu tarzda keskin va mahum savollar bilan murojaat qilish nimaga kerak bo'ldi? O'FA Etika qo'mitasidan PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaevning ushbu harakati yuzasidan munosabatini kutamiz.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика