So’nggi yangiliklar

07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  9 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  7 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  2 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4

PFL No'mon Hasanovni bir uchrashuvga chetlatdi va 10 mln so'm jarimaga tortdi Yangiliklar

PFL No'mon Hasanovni bir uchrashuvga chetlatdi va 10 mln so'm jarimaga tortdi

O'zPFL Tartib-intizom qo'mitasi Superliga 3-tur bahsi – AGMK hamda "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasida kechgan uchrashuvdagi xatti-harakatlari uchun No'mon Hasanovga nisbatan intizom jazosi qo'lladi va uni jarimaga tortdi.

Uchrashuv davomida qo'qonliklar ustozi hakam qarorlariga keskin etiroz va norozilik bildirgan. Jumladan, uchrashuvning 74-daqiqasida "Qo'qon-1912" darvozasiga belgilangan penaltidan keyin, texnik zonani tark etgan va uchrashuv bosh hakamiga keskin ravishda etiroz bildirgan. Ushbu vaziyat uchrashuv nazoratchisi va komissari raportida, shuningdek, uchrashuv videoyozuvida aks etgan.


Professional Futbol Ligasi vaziyatni o'rganib chiqdi va musobaqalar reglamentining 5.57 bandiga asosan murabbiyga nisbatan intizomiy chora qo'lladi. Unga ko'ra bosh murabbiy Tartib-intizom kodeksi 5.06 hamda 5.18 moddalariga asosan 1ta uchrashuvga chetlatildi hamda 10 mln so'm jarimaga tortildi.

Bunday vaziyat yana takrorlansa, PFL klub va murabbiyga nisbatan qattiqroq chora ko'rishi mumkinligi haqida ikkala tomonni qattiq ogohlantirdi.


FOTO  Superliga: AGMK Olmaliqda "Qo'qon-1912"ga 7ta gol urdi, Polvonovdan penta-trik

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика