So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  1 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

PFL "Lokomotiv" klubini ogohlantirdi Yangiliklar

PFL "Lokomotiv" klubini ogohlantirdi

Teglar :  PFL Lokomotiv
Xabaringiz bor, 17 dekabr sanasidan etiboran Superliga klublari yangi futbolchilar bilan tuzilgan shartnomalarni PFL ro'yxatidan o'tkazishi mumkin ekani malum qilingan.

"Lokomotiv” futbol klubi matbuot xizmati “temiryo'lchilar”ning yangi mavsum oldidan Azizbek Haydarov, Filip Rayevac, Yovan Jokich kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.

Oldinroq xabar berilganidek, PFL tomonidan 2019 yilgi mavsum uchun qo'yilgan talablar ham borki, futbol klublari mana shu talablar ijrosini PFL bilan muhokama qilib olmaguniga qadar, birorta ham shartnoma ro'yxatga olinmaydi. Bu jihat 14 dekabr kuni bo'lib o'tgan klub direktorlari bilan yig'ilishda yana bir bor eslatib o'tilgan.

2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash talablarida futbol klublari markazlashgan tibbiy ko'rikdan o'tishlari belgilab qo'yilgan. Professional futbol ligasi tibbiy xulosalar asosida futbolchiga o'z ligalarida o'ynash huquqini taqdim etadi.

SHu vaqtga qadar legioner futbolchilar bilan avval shartnoma tuzilgan va shundan keyingina ular tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan. Endi esa shuning aksi bo'ladi. Yani, Superliga va Pro-ligalarning biror klubi legioner futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lsa, avval ularni rasman tibbiy ko'rikdan o'tkazadi.  Keyin esa shuning xulosasi asosida shartnoma imzolaydi. Mahalliy futbolchilar bilan masala ham shu yo'sinda hal etiladi. Ushbu talablar barcha klublarga taalluqlidir.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика