So’nggi yangiliklar

10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  9 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  5 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  8 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4

PFL "Lokomotiv" klubi mamurini 2ta o'yinga diskvalifikaciya qildi Yangiliklar

PFL "Lokomotiv" klubi mamurini 2ta o'yinga diskvalifikaciya qildi

Tartib-intizom Qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi.

O'zbekiston Kubogi

“Nasaf”ga qarshi O'zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi yakunlanganidan keyin “Nasaf” klubi muxlislariga qarata nomaqul hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun “Lokomotiv” klubi mamuri B. Ismoilov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Birinchi Liga

“Yangier” – “Mashal” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Yangier” klubi futbolchisi A. Jo'raboev 4ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

“Norin”ga qarshi uchrashuvda raqib jamoa ustoziga nisbatan bexurmat so'zlar ishlatgani uchun “Surxon” jamoasi futbolchisi S. Xolmatov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

“Surxon” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvdan so'ng zaxira hakami nomiga nomaqul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Mashal-2” jamoasi futbolchisi M. Yusupov 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

“Yozyovon-Lochinlari” jamoasiga qarshi uchrashuvda o'zini maydonda juda qo'pol ravishda tutgani bois maydondan chetlatilgan “Orol” jamoasi futbolchisi M. Qarliboev 3ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

“Orol”ga qarshi uchrashuvda maydonda o'zini qo'pol ravishda tutgani uchun “Yozyovon-Lochinlari” jamoasi futbolchisi U. Olimov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

“Xorazm” jamoasiga qarshi uchrashuvda o'yin qoidasini qo'pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan “Norin” klubi futbolchisi A. Mamazoitov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Yoshlar Ligasi

“Nasaf”ga qarshi o'tgan uchrashuvda “Obod” klubi futbolchisi U. Inoyatillaev ataydan raqibining yuziga zarba berishga uringani uchun maydondan chetlatilgandi. SHuning uchun ushbu futbolchi 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

“Bunyodkor” bilan bo'lgan uchrashuvda o'yin qoidasini qo'pol ravishda buzgan “Mashal” klubi futbolchisi J. Mirzaqulov 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика