So’nggi yangiliklar

00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6

Petrov AGMK Tojikiston klubiga yutqazganidan keyin nimalar dedi? Yangiliklar

Petrov AGMK Tojikiston klubiga yutqazganidan keyin nimalar dedi?

O'z tarixida uchinchi marta futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qatnashgan AGMK yana guruhdan chiqa olmadi.

Olmaliq shahri jamoasi bugun Tojikistonning "Sipar" klubi bilan bellashib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Malumki, avvalgi ikkita bahs ham raqiblar foydasiga hal bo'lgandi. Bugungi o'yindan keyin AGMK bosh murabbiyi Aleksandr Petrov shunday dedi:

- "Afsus, yana yutqazib qo'ydik. Lekin ko'p ham tushkunlikka tushish kerak emas, chunki bizni futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati bahslari kutmoqda. Biz bu musobaqada ishtirok etish orqali yaxshi tajriba to'pladik. SHu o'rinda mehmondorchilik uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman".

O'z navbatida o'yindan keyin "Sipar" klubi ustozi Benyamin Egbali ham fikrlarini bildirib o'tdi:
- "O'yin juda qiyin kechdi, lekin g'alaba qozona oldik. Bu yutuq Tojikiston futzali uchun ko'p narsani anglatadi. Bizda ham futzal rivojlanyapti, buni bugungi natija va o'yin ko'rsatib berdi. Bunday turnirlar Osiyo futzali uchun nihoyatda kerak, chunki klublar xalqaro doirada qancha ko'p o'ynasa, futzal shuncha shakllanib boradi".

SHunday qilib AGMKning musobaqadagi ishtiroki tugadi. AGMK barcha o'yinlarda mag'lub bo'lgan holda guruhda oxirgi o'rinni egalladi. To'plar nisbati ham juda xunuk ko'rinish oldi: 3-15.

Reyting: -48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика