So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  9 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  4 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  47 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

PES 2017 haqida malumotlar paydo bo'ldi Yangiliklar

PES 2017 haqida malumotlar paydo bo'ldi

Teglar :  PES2017
SHu kunlarda PES2017 (Pro Evolution Soccer 2017) haqida yangi malumotlar elon qilindi.

O'yinda bo'lgan asosiy yangilik va o'zgarishlar bilan tanishtiramiz.


Endi futbolchilar to'pning oldindan aytib bo'lmas yo'nalishiga haqiqatga yaqinroq reakciya ko'rsatadi.


Pas aniqligi

PES2017da harakatlarning va to'p fizikasining bir biriga hayotdagidek mos kelishini guvohi bo'lishingiz mumkin. O'yinda katta etibor pas berilishiga qaratilgan. Oshirma ideal traektoriya hosil qilib, u manzilga etgunicha sizni hayron qoldiradi.


Darvozabonlar

Harakat va animaciyalar evaziga posbonlarning sifati oshirildi, ular PES tarixidagi eng yaxshisiga aylanishdi. Hujumkor vaziyatlar oldingidanda dramatik ko'rinish oladi va urilgan goldan so'ng sizga rohat bag'ishlaydi.



Jamoani boshqarish

Uchrashuvda kutilmagan holatlar va vaziyatlarni hisobga olsak, endi jamoangiz tezda hujumkor yoki himoyaviy uslubga o'tib olishi mumkin.


Qo'shimchalar

Siz tika-taka yoki boshqa turli uslublarni tanlashingiz mumkin. Ular sizning strategiyangizga rang-barangliklar olib keladi.


O'rganuvchi suniy intellekt

Ilk bora futbol o'yinida suniy intellekt (SI) sizning o'yiningizni o'rganadi va unga ko'nikadi. PES2017dagi SI sport o'yinlarini o'zgartirib yuboradi.



Haqiqatga yaqin grafika

PES2017 grafika jihatdan katta yangilanishga ega bo'ladi va buning barchasi yangi o'yin motori - Fox Engine tufayli. Hech narsa etiborsiz qolmaydi. Futbolchi modeli, yoritish, muxlislar, chim va stadion sifatini katta yangilanish kutyapti. O'yin hech qachon bunchalik haqiqatga yaqin bo'lmagan.


Futbolchilar harakatlari

Futbolchilar va darvozabonlarni jonlantirish uchun yuzlab yangi animaciyalar qo'shildi, ammo bu bilan to'xtab qolinmaydi.


PES2017 avgust oyining oxirida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика