So’nggi yangiliklar

23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция) 0:1  31 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8

"Persepolis" sport direktori: "Biz koronavirus bilan yashashni o'rganishimiz kerak" Yangiliklar

"Persepolis" sport direktori: "Biz koronavirus bilan yashashni o'rganishimiz kerak"

Eronning "Persepolis" klubi sport direktori Afshin Peyrovani OAVga bergan intervyusida koronavirusga qaramasdan chempionatni tugatib qo'yish kerakligini aytdi.

Gap-so'zlarga qaraganda, Eronda futbol 18 iyundan boshlab davom ettiriladi. SHu kuni "Istiqlol" - "Fulad" bahsi bo'lib o'tishi rejaga kiritilgan. Ushbu mamlakatda mana uch oydirki o'yinlar o'tkazilmayapti.

Hozirda bazi klublar chempionatda ishtirok etishdan bosh tortmoqda. Afshin Peyrovani o'z intervyusida shunday dedi: "Nima bo'lganda ham futbol qaytishi kerak. Koronavirus xavfi hamma joyda bor va futbol ham bundan mustasno emas. Lekin biz koronavirus bilan yashashni o'rganishimiz kerak, chunki virus hali-beri ketadiganga o'xshamayapti".

- "Koronavirus to'liq bartaraf etilishiga kafolat bormi? Agar chempionat davom etmasa, shu bilan koronavirusga qarshi vakcina topilib qoladimi? Futbolchi bilan oddiy xalq o'rtasida nima farq bor? Taksichilar, novvoylar va boshqa kasb egalari o'z ishlariga qaytmoqda. Nega endi futbolchilarga mumkin bo'lmasligi kerak? Biz karantin qoidalariga to'liq amal qilgan o'z ishimizni davom etirishimiz mumkin".

- "Men jamoamiz maydonda g'alaba qozonib oltin medallarni qo'lga kiritishini xohlayman. Bizga shunchaki siz chempion deb elon qilishlari tatimaydi. Hozircha bazi klublar maydonga tushishdan bosh tortyapti. Ularni tushunaman, ammo bu echim emas. Agar mavsum bekor qilinsa, bu adolatdan bo'lmaydi", - deydi "Persepolis" sport direktori. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика