Peres: "Neymar "Real"da "Oltin to'p"ni yutish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'lardi"
08 dek 2017 14:37
Yangiliklar
Peres: "Neymar "Real"da "Oltin to'p"ni yutish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'lardi"
"Real" prezidenti Florentino Peresning fikricha, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar malum bir maqsadlariga erishish uchun "Qirollik klubi"da o'ynashi kerak.
Joriy mavsum oldidan Neymar "Barselona"dan PSJga o'tdi. Ko'pchilikning fikricha, braziliyalik bu ishni argentinalik forvard Lionel Messining soyasida qolmaslik va "Oltin to'p"ni yutish uchun qilgan.
"Neymar "Real"da "Oltin to'p"ni yutish uchun ko'proq imkoniyatga ega bo'lardi. "Real" - buyuk futbolchilarga kerakli narsani beradigan buyuk klub. Neymar bir vaqtlar "Real"ga o'tmoqchi bo'lganini hamma biladi" - deydi Peres.
Oldinroq ispan OAVda Peres Neymarni xarid qilmoqchi ekanligi yozilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar