So’nggi yangiliklar

09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   0 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  1 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   5 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  33 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  8 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1

Superliga. Bo'linishda “Navbahor” va “Qizilqum” peshqadam Yangiliklar

Superliga. Bo'linishda “Navbahor” va “Qizilqum” peshqadam

Superliga o'yinlari menimcha sizga ham yoqyapti. “Paxtakor”ning Farg'onada ochko yo'qotishi, “Nasaf”ning tayyor g'alabani qo'ldan chiqarishi, Buxorodagi “jang” - so'nggi turni bezadi.

Jamoalar nisbatan kattaroq tanaffusga chiqishdi. Ular ko'p ter to'kishdi, taqvimdagi qiyinchiliklarga chiday olishdi. Tashqaridan aytilayotgan gaplar o'z yo'liga, hozirgi intilish saqlab qolinsa va moliyaviy qiyinchilikning suniy tashkil etilayotgani barham topsa, chempionat 2019 yil ikki karra qiziqarliroq bo'ladi. SHuningdek, jo'jalarni sanaydigan kuzda ham dahshatli o'yinlar kutib turganini unutmaslik kerak.

CHempionlik yo'lida

Formatga ko'ra, jamoalarni teng ikkiga taqsimladik. Dastlabki olti klub orasida eng ko'p ochko ishlagani baribir “Navbahor” bo'lib turibdi. Biroq unutmaslik kerak, jadval 22-turdan keyin ham shunday qolsa, namanganliklar shu klublar bilan yana ikki martadan maydonga tushib chiqishi kerak bo'ladi. Xullas, oson emas bu maydon ichra turmoq. 

Jon saqlash yo'lida

“Qizilqum” va “So'g'diyona”ning o'ziga kelishi, quyidagicha manzara hosil qilgan. Biroq bu ham hali hammasi emas. Vaziyat shunday qolishda davom etsa, ular “Nasaf”, “Qo'qon-1912” va murabbiyi o'zgargan AGMK bilan yana ikki martadan maydonga tushib chiqishi kerak bo'ladi. “Neftchi” katta farq bilan ortda ekanini inobatga olmasa, Pro-Ligaga surgun bo'lmaslik yo'lidagi kurash ham chempionlik raqobatidan kam bo'lmasligi katta ehtimol. 

Xullas, chempionatning qaymog'i hali oldinda. Hozircha esa mundial bellashuvlaridan rohatlanib turamiz. Futbolchilar ham, murabbiylar ham, muxlislar ham, xullas hammamiz Jahon CHempionatini ko'raylik, havas qilaylik, o'rganaylik va izlanaylik. Tanaffus shuning uchun ham kerak edi. Yaxshi dam sizga hamdam bo'lsin!

Muallif :
Reyting: +55   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика