So’nggi yangiliklar

17:10Суперлига. "Пахтакор" – "Насаф". Таркиблар маълум  3 17:10Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  10 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   4 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  3 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  9 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  2 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2

Pep Gvardiola: "Intensivlik borasida raqib bilan bellasha olmasligimizni bilardik" Yangiliklar

Pep Gvardiola: "Intensivlik borasida raqib bilan bellasha olmasligimizni bilardik"

Pep Gvardiola "Bornmut"ga imkoniyat boy berilgach, taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"SHaharliklar" APL 10-turi doirasida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

"Intensivlik borasida raqib bilan bellasha olmasligimizni bilardik. Bu haqida gapirgandik ham. Biz ochiq o'yin guvohi bo'ldik. O'yin so'nggida imkoniyatlar bo'ldi, lekin nima bo'lsa ham "Bornmut"ni g'alaba bilan tabriklayman.

To'p uchun maydon markazidagi kurash, yakkakurashlar – ular shunday o'ynashadi. Ular agressiv futbolni xush ko'radi. Raqib bu bellashuv uchun tayyorlanishiga olti-etti kun vaqti bor edi. Ham jismonan, ham tezkorlik borasida ular ajoyib holatda. Ularda ham etarlicha vaziyatlar bo'ldi, Ederson yaxshi seyv amalga oshirib, jamoani goldan qutqardi.

Ikkinchi bo'limni yaxshi boshladik, shuning uchun ham [ikkinchi o'tkazib yuborilgan gol] qabul qilish qiyin bo'ldi, chunki biz yaxshiroq harakat qilayotgandik. Gol urib olgach, o'zgacha ruhda hujum qila boshladik va vaziyatlarga ham ega bo'ldik, ammo gol ura olmadik", – dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика