So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  365 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Penaltilar chempionati. Rossiyada rekord tomon odimlashmoqda Yangiliklar

Penaltilar chempionati. Rossiyada rekord tomon odimlashmoqda

Teglar :  JCH-2018
Uchinchi kun trendi: hakamlar tortinmasdan o'n bir metrlik jarima zarbasi belgilashmoqda. Aksariyatida VAR tizimi tufayli.

Avvalroq FIFA aynan JCH-2018 o'yinlaridayoq VAR tizimi va Goal-line technology (to'p darvoza chizig'ini kesib o'tgan/o'tmaganini aniqlovchi tizim)ni ilk bor yirik musobaqada qo'llab ko'rishga qaror qilgandi. Va bu Franciya - Avstraliya uchrashuvida hal qiluvchi omillardan biri bo'ldi.

1. Hakam penalti belgilash niyatida emas edi, lekin video-yordamchilar maslahati va maydon chetidagi monitor yordamida o'n bir metrlik jarima belgilash kerak deb hisobladi. Grizmann nuqtadan adashmadi.

2. Pol Pogbaning zarbasi rikoshet tufayli ajoyib traektoriya bo'ylab darvozaga yo'l topdi, ammo baribir to'p chiziqni kesib o'tganligini ishonch bilan aytib bo'lmasdi. Gol bo'ldimi? Aniqmi? Bir necha soniya sukut va bosh hakam maydon markazini ko'rsatdi. Uning qo'lidagi "soat" (maxsus moslama) ishlab ketdi (Goal-line technology o'zini ko'rsatdi), demak – gol bo'lgan.

O'yin dinamikasi, atrofdagi shovqin ... Bunday vaziyatda inson xato qilishi, ko'rmay qolishi hech gap emasdi. Yangi texnologiyalarsiz Franciya ochko yo'qotishi va yutqazib qo'yishi ham mumkin edi. Jamoa to'p bilan ko'proq muomala qildi, o'yin tizginini qo'lida ushlab turgandek edi, ammo ko'pchilik kutgan engil va yorqin o'yin yo'q edi.

– Bazan yakkakurashlarda mag'lub bo'ldik va to'p oshirishlarda xatoga yo'l qo'ydik. Nima bo'lganini va nega bunday bo'lganini tushuntirish mushkul, biroq o'yin tizgini bizning qo'limizda edi, – dedi Dide Desham.

Rossiya maydonlarida o'tayotgan JCH dastlabki uch kunida 6 ta penalti belgilandi, o'tgan musobaqada (boshidan oxirigacha) – 13 ta. O'tgan JCHda – bir bor futbolchi imkoniyatni golga aylantira olmagan, bu safar – "uje" ikkita. Mazkur Jahon CHempionati trendlaridan biri shubhasiz, o'n bir metrlik zarbalar. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика