Pellegrinining fikricha, "Real" muxlislari uning istefosini istashmagan
23 apr 2016 14:26
Yangiliklar
Pellegrinining fikricha, "Real" muxlislari uning istefosini istashmagan
"Real" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Manuel Pellegrinining fikricha, "qaymoqranglilar" ishqibozlari uning istefosini istashmagan.
CHililik mutaxassis 2009/10 mavsumda ispan grandini boshqargan, ammo keyinroq salbiy natijalar uchun istefoga chiqarilgan.
"Hech qachon "Real" muxlislari menga qarshi bo'lganidek taassurot uyg'onmagan. Doimo ishqibozlarning qo'llashini his qilganman. "Real" CHempionlar ligasida "Lion"ga mag'lub bo'lganidan so'ng, muxlislar o'rtasida so'rov o'tkazildi. Natijalarga ko'ra, ishqibozlarning 75% meni qo'llab-quvvatlagan. O'sha jamoa yaxshi o'ynardi, ammo sharoitlar biz uchun optimal bo'lmaganini odamlar yaxshi biladi. "Real"dan g'azabda emasman. Aksincha, ulardan minnatdorman" - deydi Pellegrini.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar