"Bavariya" Noyer bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, Nyubel esa sotib yuboriladi
21 okt 20:48
Yangiliklar
"Bavariya" Noyer bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, Nyubel esa sotib yuboriladi
Germaniyalik tajribali darvozabon o'z o'rnini hali beri bo'shatmoqchi emas.
Bild jurnalisti Tobi Altsheffl malum qilishicha, myunxenliklar Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirsalar, 29 yoshli darvozabon Aleksandr Nyubel bilan xayrlashadilar. Chunki bunday holda Nyubel klubning asosiy darvozaboni bo'lish imkoniyatidan mahrum bo'ladi. Nemis klubi ayni damda Noyer bilan shartnomani yangilashni reja qilmoqda.
Xabar qilinishicha, "Bavariya" Nyubelning narxini 20-25 million evro atrofida belgilagan. Darvozabon hozirda ijara asosida o'ynayotgan "Shtutgart" bu summani to'lashi amrimahol, biroq Angliya Premer-ligasining o'rta pog'onadagi klublari uchun bu transfer amalga oshishi ehtimoldan xoli emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar