So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  9 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

Pedru Moreyra: "Raqibdan kuchliroq edik va natija adolatli bo'ldi" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Raqibdan kuchliroq edik va natija adolatli bo'ldi"

O'zbekiston Kubogi 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - OKMK (2:1) bahsidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin juda chiroyli o'tdi va biz uchun yaxshi natija bilan tugadi. Bugun jamoa o'zini ko'rsatib bera oldi. Sifatli o'yin ko'rsatdik. OKMKga qarshi birinchi uchrashuvni ham yomon o'tkazmagan edik. Birinchi o'yindan xulosa chiqarib, raqibning zaif tomonlari ustida ishladik. Raqibimiz o'z uslubini biroz o'zgartirdi va biz bunga tayyor edik. Bugun adolatli natija qayd etildi deb o'ylayman" - dedi Pedru Moreyra bugungi o'yin haqida.

- "Paxtakor" mavsumni juda yomon boshladi. Jamoa o'ziga kelib olishi va natijalarni o'nglab olishi uchun qancha vaqt kerak bo'ladi? Bugungi g'alaba vaziyatni o'nglash yo'lidagi dastlabki qadam bo'lib bera oladimi?

- Birinchi navbatda biz xotirjamlik bilan o'ynashimiz kerak. Xotirjamlik natija sari etaklaydi. Raqib bizni pressing qilayotgan chog'ida ham bosimga dosh berish va bo'sh zonalar orqali chiqib keta olishimiz kerak. Shu kungacha qadar asosan qarshi hujumda harakatlanadigan jamoalarga qarshi o'ynadik. Mana shunday holatlarda jamoa sovuqqonlik namoyish etishi kerak. Bugun futbolchi yaxshi o'yin namoyish etishdi va ularni g'alaba bilan tabriklayman.

- OKMKga qarshi Superliga doirasida kechgan bahsda raqib uch nafar markaziy himoyachi bilan o'ynagan edi. Bugun esa OKMK ikki nafar markaziy himoyachi bilan o'ynadi. O'tgan bahs bilan solishtirganda "Paxtakor"ga bugun osonroq bo'ldimi? Sababi raqib o'ziga xos bo'lgan odatiy uslubda o'ynadi...

- Biz raqib o'yinini bilishimiz kerak bo'ladi. Shundan so'ng biz o'z o'yinimizni qura olamiz. Masalan, biz hujumlarimizni yakunlay olmayotgandik, yani yakuniy zarba yo'q edi. Bugun esa uchinchi zonalarda yaxshi harakatlandik. Raqib qanday o'ynayotganini har doim tahlil qilishimiz kerak. O'ylashimcha, biz bugun raqibdan kuchliroq edik va bugungi natija adolatli bo'ldi.

- Jamoa mag'lubiyatga uchragan o'yinlardan keyin tarkibda o'zgarishlar ro'y berdi, lekin tayanch yarim himoyachisi Jonatan Lukka mavsum boshidan buyon barcha uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshlamoqda. Lukkaning o'yini sizga maqul keldimi? Uning jamoa o'yinidagi o'rni shunchalik ahamiyatlimi?

- Taqvimimiz juda zich va shu sababli ko'proq futbolchilarni o'ynatishimiz kerak. Shu sababli rotaciya qilyapmiz. Bo'riev va Holmatovlar jarohat olishdi. Futbolchilarimiz kamayib qoldi. Yosh futbolchilarga o'yin imkoniyatini taqdim etishga harakat qilamiz. Ular esa bu orqali o'sishga erishadilar. Jamoada sifatli o'yinchilar yig'ilgan.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика