So’nggi yangiliklar

23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  3 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  5 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0

Pedru Moreyra: "Natija bunday bo'lishi kerak emas edi. Men jamoaga masuliyat olganman" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Natija bunday bo'lishi kerak emas edi. Men jamoaga masuliyat olganman"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Uchrashuv kutilganidek og'ir o'tdi. Raqibga hujumlar orqali muammolar yaratishga urindik. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, ammo dastlabki golni o'tkazib yuborganimizdan so'ng o'yinimizda o'zgartirishlar qilishga harakat qildik. Standart holatidan gol o'tkazib yubordik. Futbolchilar bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Menimcha, natija bunday bo'lishi kerak emas edi", - dedi portugaliyalik mutaxassis bahs yakunlanganidan so'ng.

- G'alaba uchun hujum, golli vaziyatlar va raqib jarima maydoni yaqinidagi harakatlar kerak. "Paxtakor" o'tgan turda ham, bugun ham hujumlar yaratishda qiyinchiliklarga duch keldi. Buni qanday izohlaysiz?

- Raqiblar aynan bizga qarshi himoyaviy o'yin namoyish etishadi. Raqiblar o'z darvozasi oldida zich himoyalanib olishadi. Bugun ham vaziyatlar yaratdik, ayniqsa birinchi bo'limda 2-3ta imkoniyatlarga ega bo'ldik. To'p darvozaga kirib ketayotgan paytda raqib himoyachisi to'pni uzoqlashtirib yubordi. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng tavakkalga qo'l urishga majbur bo'ldik. Aytib o'tganimdek, raqib standart vaziyatlarda yaxshi ishladi va o'z imkoniyatlarini golga aylantira oldi. 

- “Paxtakor" o'z maydonida "Andijon"ga yutqazmagan edi. Bugungi o'yin natijasi tarixiy bo'ldi. Siz raqibni o'yin avvalida qanchalik o'rganib chiqqandingiz?

- Albatta, har bir raqibni o'yinoldi tayyorgarlik jarayonida o'rganib chiqamiz. Biz bugun raqib jarima maydonchasi ichida va atrofida raqibga muammolar tug'dira oldik. To'p nazorati ham biz tomonda bo'ldi. Golli vaziyatlarimiz ham bo'ldi. Tarkibimizda mahoratli ijrochilar bor. Bugungi o'yin natijasi bunday tugamasligi lozim edi.

- "Paxtakor" avvallari raqiblarni o'z o'yiniga moslashtira olardi. Bugungi o'yinda jamoa "Andijon"ga moslashib o'ynagandek ko'rindi ...

- Biz ushbu masalalar ustida ishlaganmiz. Masalan, qanday to'g'ri hujum qilish va qanday qilib himoyalanish. Bizda ko'plab vaziyatlar bo'ldi va hujumlar tashkil etdik. "Andijon" bugun vaziyatlardan foydalanib ketdi.

- O'yindan oldin raqib bosh murabbiyiga qandaydir sovg'a berdingiz. U nima edi?

- Mening vatanimda shunday odat bor. Mehmon jamoalarni iliq kutib olish va ularga qandaydir sovg'a ulashish. Asosan shirinliklar, yong'oq va shunga o'xshash emaklar sovg'a sifatida beriladi...

- Hozirgina "Paxtakor"ga qarshi barcha jamoalar himoyaviy uslub qo'llashadi dedingiz. Menimcha, bu tabiiy holat. Sababi "Paxtakor" eng kuchli jamoalardan biri va futbolimizdagi eng katta nom. Barcha jamoalar barcha davrlarda "Paxtakor"ga qarshi himoyaviy uslub tanlashgan, lekin shunga qaramay "Paxtakor" bunday raqiblarni mag'lub etib kelgan. Masalan, o'tgan mavsumda jamoa "Andijon"ni ikki marotaba mag'lub etgandi. 10 yil avval ham "Andijon" "Paxtakor"ga qarshi himoyalanib o'ynagan. "Andijon" bugun ham shunday qildi, ammo g'alaba qozonib ketdi. Ushbu mag'lubiyatlarga nima sabab bo'lmoqda? Oldin "Paxtakor" raqib himoyaga tayanganiga qaramay g'alaba qozongan, sizning jamoangiz esa mag'lub bo'lmoqda...

- Birinchi navbatda har bir raqib bizning harakatlarimizni kutadi va qarshi hujumga umid qiladi. Jamoa bir hafta davomida tayyorgarlik ko'rdi va mehnat qildi. Tarkibda yo'qotishlar bor. Jarohatlangan futbolchilarimiz tezroq tarkibga qaytishsa, yanada kuchayishimiz aniq. Shogirdlarim bugun yaxshi harakat qilishdi, to'pni nazorat qilishdi, ammo raqib o'zining ikkita imkoniyatidan foydalanib ketdi.

- Muxlislar o'yindan so'ng sizga qarata bir nima deyishdi. Muxlislar nima deya baqirganini o'zingiz eshitdingiz. Ularning gaplariga qanday javob qaytara olasiz?

- Birinchi navbatda, men jamoaga masuliyat olganman. Har bir holatda mening shanim va yuzim javobgar bo'ladi. O'tgan uchrashuvda bizni juda ko'p muxlislar qo'llab-quvvatlashdi, bugun ham shundan bo'ldi. Muxlislarimizdan shunday davom etishlarini so'ragan bo'lar edim. Men o'yinimizni yanada yaxshilashga intilishim kerak. Jamoani kuchaytira olish yo'llarini qidirishim kerak.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика