So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Pedru Moreyra: "Hozirgi vaqtda bizga faqatgina ochkolar soni muhim" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Hozirgi vaqtda bizga faqatgina ochkolar soni muhim"

Superliga 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Шo'rtan" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

"O'yinni juda yaxshi boshladik. G'alaba qozonish o'yinning bir qismi. Birinchi bo'limda to'p bilan yaxshi muomala qildik, ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik va yirikroq hisob qayd etishimiz mumkin edi. Raqib qanday o'ynamoqchi ekanligini ham bilib olishimiz kerak edi. Bugungi g'alaba biz uchun juda kerakli edi. Chempionat o'yinlari juda qiyin kechmoqda, ammo bu g'alabalar musobaqa jadvalidagi poziciyamizni yaxshilab olishga yordam bermoqda" - deya fikr bildirdi Pedru Moreyra bugungi bahs haqida.


- Jamoa ikkinchi bo'limda sustroq o'ynadi, ayniqsa Riaskos o'rniga darvozabon maydonga tushganidan so'ng jamoangiz deyarli hujumga o'tmay qo'ydi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Bir kishi kam bo'lib o'ynash qiyin ekanligini bilasiz. Jamoada o'zida bo'lgan ishonch bo'lishi kerak. Шunday holatlarni, ishonch bilan engib o'tishimiz kerak.

- "Neftchi"ga qarshi o'yinda jamoangiz juda yaxshi o'ynagan edi, ammo bugun o'sha o'yinning yarmi ham bo'lgani yo'q. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Fikringizga qo'shilmayman. Bugun biz ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Oldingi hafta biz uch ochkoni qo'lga kiritdik va bugun ham ochkolarni qo'lga kiritdik. Hozirgi vaqtda bizga faqatgina ochkolar soni muhim. Biz kelajakka ishonishda davom etishimiz kerak. Himoyadagi yoki hujumdagi xatolarni ko'rib chiqamiz.

- Ulug'bek Hoshimov qancha vaqtga safdan chiqdi?

- U kichik jarohat olgan edi. Шu sababli u bugungi uchrashuv qaydnomasidan joy olmadi. Bugun Mahamadjonov ham o'ynamadi. Sababi, yaqinda uning to'yi bo'ldi. Unga dam olishga ruxsat berdim. Jarohat olgan futbolchilarimiz tez orada qaytishi kutilmoqda.

- Muxamadali Usmonov degan futbolchi o'rinbosarlar jamoasi tarkibida ketma-ket uchrashuvlarda gol urib kelmoqda. U nega asosiy jamoaga tortilmayapti?

- Bu mening qarorim. Men bosh murabbiy sifatida ushbu qarorlarni qabul qilaman. Masalan, ularni maydonga tushirganimda, siz nega Bashar o'ynamadi deb savol bergan bo'lar edingiz. Men har bir futbolchiga ishonaman va kerakli vaqtda imkoniyat taqdim etaman. Masalan, bugun Nikita Шevchenko o'z imkoniyatiga ega bo'ldi.

- "Paxtakor" jamoasi ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozonmoqda. Klub prezidenti "Andijon"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Qibraydagi bazada jamoa bilan yig'ilish o'tkazgani va o'sha erda sizlarni qattiq tanqid qilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. "Paxtakor"ning natijalari yaxshilashganiga ushbu voqeiylik sabab bo'ldimi?

- Bitta muhim narsa bor. Barchasi o'yinchilarga bog'liq, prezident yoki kimdirga emas. Sizlar ko'pincha shunday savol berasizlar. Men murabbiy sifatida muammolarni emas, ularning echimini qidirishim kerak. Mening atrofimdagi har bir inson to'liq ishlashi kerak. Klub ichidagi bo'layotgan narsalar bilan bo'lishish noto'g'ri. Sizlar klubda asosiy rollarda insonlarni ko'ra olishlaringiz kerak. Kimlar gol urmoqda, kimlar yaxshi o'ynamoqda va hokazo.

O'zbekistonda jamoa mag'lub bo'lganidan so'ng darrov bosh murabbiyni aybdor ko'ra boshlaydi. Men o'z masuliyatimni bilaman. Insonlar ko'pincha yomon taraflarni ko'rishadi, ammo yaxshi tomonlarga etibor berishmaydi. Muxlislar har doim bizni qo'llab-quvvatlashlari kerak. Nima qilsak ham, barchasini birga qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика