So’nggi yangiliklar

17:52"Аркадағ" - "Андижон". Таркиблар маълум бўлди  2 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  5 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  3 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  12 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  5 16:00Биринчи лига 15-турида ишловчи расмийлар  0 15:20"Насаф"нинг ОЧЛдаги 9-мавсуми бошланди  8 15:20Туғилган кун муборак, ўзбек футболи қироли — Миржалол Қосимов!   245 14:50"Реал" Чемпионлар лигасида пенальтилар сони бўйича рекордчи бўлди  12 14:33Ямал "Барселона"нинг қайдномасига киритилмади  0 13:49Шерзод Эсанов - "Динамо-Брест" футболчиси  5 13:22ЧЛ плей-оффида "Бенфика"га ютқазган Моуринью энди шу жамоани бошқаради  3 13:01Собиқ ҳакам "Реал"нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: "У қўлини бошқа ерга қўя олмасди"  19 12:52Ҳамма учун севимли Миржалол!  22

"Paxtakor"ning 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi va ular izolyaciya qilingan Yangiliklar

"Paxtakor"ning 5 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi va ular izolyaciya qilingan

Bizga malum bo'lishicha, "Paxtakor" jamoasining 5 futbolchisida koronavirus infekciyasi aniqlangan.

Klub jamoani doimiy tibbiy nazoratdan o'tkazish chog'ida jamoa azolarining 5 nafarida koronavirus infekciyasi mavjudligini aniqlagan va ularni tezda izolyaciya qilgan.

Superliga jamoalari ichida "Paxtakor" doimiy tarzda karantin qoidalariga amal qilib, koronavirusga test topshirib, tibbiy nazoratni kuchaytirganiga qaramasdan jamoa azolarining 5 nafar vakilida ushbu infekciya aniqlangan. Hozirda klubning barcha xodimlari, jamoa personallari va futbolchilari yana qo'shimcha test topshirishgan. Mazkur test natijalari dushanba kuni chiqishi kutilmoqda.

"Paxtakor" klubi koronavirus aniqlangan 5 futbolchisini izolyaciya qilib, barcha tibbiy vositalar, dori-darmonlar bilan taminlagan holda tibbiy nazoratda ushlab turibdi. "Paxtakor" AGMK bilan o'yindan keyin mashg'ulotlar o'tkazmayapti va hozirda jamoaning boshqa azolari va xodimlarining qo'shimcha test natijalarini kutmoqda.

Garchi saytimizga aynan kimlar koronavirusga chalingani haqidagi malumotlar borligiga qaramasdan ismlarni oshkor qilmaslikni lozim topdik.

Eslatib o'tamiz, Superliga 10-tur doirasida "Paxtakor" taqvimga ko'ra Qo'qonga safar qilishi va 23 iyul kuni "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda maydonga tushishi lozim. Lekin katta ehtimol bilan bo'lajak o'yin qoldirilishi mumkin.

Umuman Superliganing 10-tur o'yinlari o'z vaqtida o'tishi katta so'roq ostida turibdi. CHunki "Paxtakor" jamoasi bilan o'tgan tur o'ynagan AGMK klubi vakillari ham endilikda koronavirusga test topshirishlariga va tibbiy tekshiruvdan o'tishlariga to'g'ri keladi.

Bu esa taqvimdagi 22 iyul kuni o'tkazilishi kerak bo'lgan AGMK - "Lokomotiv" o'yinini ham kechiktirishi mumkin.

Bunga qadar tur oldidan Superliga jamoasi "Surxon"ning 2 futbolchisi koronavirusga chalingani haqida xabar berilgandi. O'tgan turda esa "Buxoro" - "Bunyodkor" o'yini oldidan "qaldirg'ochlar" himoyachisi Islom Qobilovda koronavirus aniqlangani tufayli nomalum muddatga qoldirilgandi.

"Paxtakor" jamoasining koronavirusga chalingan azolari, "Surxon" futbolchilari va boshqa mazkur infekciya bilan og'rigan bemorlarga sog'lik tilab, tezda shifo topishlariga tilakdoshmiz.

Reyting: -70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика