So’nggi yangiliklar

10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  1 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  4 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  1 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  3 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  16 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  6 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   5 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   13 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  63 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  5 23:50ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ишончли ғалабага эришди, Раҳмоналиев 90 дақиқа ҳаракат қилди  6

"Paxtakor"da mehnat qilayotgan barchaning oldida shlyapamni echaman". SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Paxtakor"da mehnat qilayotgan barchaning oldida shlyapamni echaman". SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliga 23-turdan o'rin olgan "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze fikrlarini bildirib o'tdi.




"Birinchi galda gapni uzoqdan boshlamoqchiman.  "Paxtakor" bu mavsumda o'zining ilk rasmiy uchrashuvini 10 fevral kuni o'tkazdi. Bu paytda hali chempionat bahslari boshlanmagan edi. Ushbu mavsum bunday og'ir va qiyin o'tishini hech kim kutmagandi. Jamoamizdagi barchaga, butun O'zbekiston xalqiga, muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Qiyin davrni boshimizdan o'tkazdik, bunga o'zim guvoh bo'ldim. Bugungi kunni alohida qayd etib o'tish joiz. "Paxtakor" 13-bor O'zbekiston chempioni bo'ldi. Jamoa avval ham ko'p bor chempionatda g'olib chiqqan, lekin bunday og'ir va qiyin mavsum kam bo'lgan. Barcha oilasi bilan birgalikda kasallandi: ayrimlarning ayoli, onasi, otasi... yana bazilar yaqinlarini yo'qotdi. Mashaqqatli mavsum yakunida jamoadagi har bir shaxs oldida shapkamni echaman. Erta tongdan to kechqurunga qadar hamma yordam berdi. Rahbariyat bir daqiqaga bo'lsa-da, etiborsiz qoldirmadi. O'FA va PFLga ham katta rahmat aytib qolaman. Ha, biz katta farq bilan chempion bo'ldik. Futbolchilarni ham og'ir mavsumdagi chempionlik bilan tabriklayman va rahmat aytaman. Oldinda uchta o'yin qolganini, biz o'z darajamizda to'p tepishimizni takidlagan bo'lardim va kubokda ham oxirigacha kurashib g'olib bo'lishni istaymiz. Muxlislar bizdan g'alaba kutishadi. OCHLda garchi uzoqqa bora olmagan bo'lsak-da, bunga juda yaqin keldik. Eslash alamli, albatta. CHunki ajoyib sport formasida edik. Jamoa oldida vaqt ko'p, OCHLda g'olib chiqish uchun fursat etarli. Klublarga, qo'llab-quvvatlagan barchaga tashakkur izhor qilmoqchiman. Ha, xatolar, kamchiliklar kuzatildi. Muhimi oldinga qarab intilish va rivojlanish kerak", – deydi SHota Arveladze. 

- "Paxtakor" ichki chempionatda g'oliblikni qo'lga kiritdi. Mavsumdan qoniqish hosil qildingizmi?

- Futbolchilarga rahmat aytmaslikka haqqim yo'q. Biz ayrim pallalarda tushunarsiz kunlarni o'tkazdik. Futbolchi buxgalter emas, uning jismoniy, ruhiy tayyorlgarligi muhim. Yana bir bor futbolchilar, klub xodimlari, raxbariyat oldida shlyapamni echaman. 

- Eren Derdiyok bugun qaydnomadan ham o'rin olmadi...

- "Bunyodkor" bilan o'yindan so'ng unda kichik jarohat aniqlandi. Taxminan bir haftadan keyin safimizga qaytadi. 

- Jamoa so'nggi ikki turda avvalgi uchrashuvlardan farqli o'laroq qiynaldi, bunga qadar esa yirik hisoblarda g'alaba qozonib kelayotgan edi. Bu nima bilan bog'liq? 

- 4-5 ta gol urish hamma o'yinda ham o'xshamasligi mumkin. Bizga qarshi o'ynayotgan raqibni ham hurmat qilmoq lozim. "Bunyodkor" bilan bahsni to'qqiz kishi bo'lib yakunladik. 15 kun ichida ko'p futbolchilar biz bilan mashg'ulot o'tkazmadi. Ayrimlar jarohat olishdi. Mavsum oxirida doim qiyin bo'ladi. 

- "Paxtakor" uchun joriy mavsumdagi eng qiyin o'yin qaysi va eng yaxshi futbolchi kim bo'ldi deb o'ylaysiz? 

- Men uchun hamma yaxshi harakat qildi. Har bir futbolchi qiyin o'yinda ishtirok etdi. CHempionatdagi eng qiyin o'yin borasida yaxshilab o'ylab ko'rish kerak. AGMK bilan 0:2 hisobida ortda borayotib, yakunda 2:2 natijasini qayd etdik. "Bunyodkor" bilan oxirgi o'yin qiyin o'tdi. Jizzaxda "Sug'diyona"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldik. Bu borada yana bir bor o'ylab ko'rish lozim. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика