"Paxtakor": Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi
14 mar 2014 17:14
Yangiliklar

"Paxtakor": Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi
Ilhom Mo'minjonov shogirdlari "Andijon" yoshlarini 4:1 hisobida dog'da qoldirishdi.
Bugun yoshlar ligasi start oldi. "Paxtakor" 1-turni SHahrixonda "Andijon"ga qarshi o'tkazib, o'z muvaffaqiyatini nishonladi. O'yin boshlanishi bilan hujumga tashlangan yoshlarimiz ilk daqiqaning o'zida penalti tepish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Mezbonlar himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynagani sababli belgilangan penaltidan Maxsitaliev unumli foydalandi. 15-daqiqada esa Yusupov jarima zarbasini amalga oshirdi. Darvozabon qaytargan to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Rogovanov hisobni kattalashtirdi. Bo'lim oxirida jamoalar bittadan to'p kiritishdi. Dastlab Otaxonov qo'pollik ishlatgani tufayli mezbonlar 11 metrlik zarba tepishdi va Parpiev hisobni qisqartirdi. 45-daqiqada Abdulhoqov hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo'limda ham tashabbusga erishgan futbolchilarimiz 59-daqiqada hisobni yiriklashtirishdi. Bu safar ham Rogovanov o'zini ko'rsatdi. SHu tariqa safardagi uchrashuvda yirik 4:1 hisobida g'alaba qozongan yoshlar jamoasi ilk o'yinda 3 ochkoni qo'lga kiritdi.
"ANDIJON" - "PAXTAKOR" - 1:4 (1:3)
14 mart. SHahrixon. 33-FDIMI stadioni.
"Paxtakor": Nikita Ribkin (Akmal Tursunboev, 30) , Jamshid Boltaboev (Abdurasul Komilov, 46), Muhsin Ubaydullaev, Abbos Otaxonov, Humoyun Azamov (Viktor Grigorev, 79), Javohir Sohibov, Ravshan Xursanov (Temur Tolipov 65), Abdurahmon Abdulhoqov (Islom Karimov, 80), Abbos Maxsitaliev (Javohir Sidiqov 76), Abdul Aziz Yusupov (Izzatilla Abdullaev, 76), Igor Rogovanov.
Gollar: Parpiev, 42-pen - Maxsitaliev 1-pen, Rogovanov, 15. Abdulhoqov, 45. Rogovanov, 59.
Ogohlantirishlar: Otaxonov, 41. Tolipov, 88.

Fikrlar