"Paxtakor" Umar Adhamzodaning transferini elon qildi
22 dek 2023 17:03
Yangiliklar
"Paxtakor" Umar Adhamzodaning transferini elon qildi
"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Umar keyinchalik "Lokomotiv" va "Istiqlol" klublarida o'ynadi. Superligada "Neftchi" safida 38 o'yinda maydonga tushib, 3 gol muallifi bo'lib, 8 bor jamoadoshlari gol urishi uchun uzatma bergan. 2023 yil u farg'onaliklar tarkibida jami 27 uchrashuvda 5 to'p kiritib, 3 golli uzatmani amalga oshirgan. 2024 yilgi mavsumdan boshlab Adhamzoda o'zi tarbiyalangan klub sharafini himoya qiladi.
"Paxtakor" bilan shartnoma imzolagandan so'ng Umar quyidagi fikrlarni aytib o'tdi:
- Qadrdon klubimga qaytganimdan xursandman. "Paxtakor"da futbol bilan shug'ullanishni boshlaganman va bir kun ushbu jamoa tarkibida o'ynashni orzu qilganman. Endi bunday imkoniyatga ega bo'lishimdan baxtiyorman. Jamoa libosi nimani anglatishini yaxshi bilaman. Muvaffaqiyatlar uchun bor kuchimni berishga intilaman", - dedi futbolchi "Paxtakor" matbuot xizmatiga.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar