So’nggi yangiliklar

18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  2 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  14 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 17:30U-17 ЖЧ. Италия – Ўзбекистон (матнли трансляция)  79 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  2 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  22 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  8

"Paxtakor" klubi xodimlarining xatti-harakati Tartib-intizom qo'mitasiga oshiriladi Yangiliklar

"Paxtakor" klubi xodimlarining xatti-harakati Tartib-intizom qo'mitasiga oshiriladi

Superliga 9-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Qizilqum" o'yinidagi holat.

"Superliga 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" — "Qizilqum" uchrashuvi yakunida mezbon jamoa xodimlari Ilhom Yakvalxo'jaev hamda Nodirxo'ja Yo'ldoshev nomaqbul harakatlarni amalga oshirdi.

Endilikda mazkur ish Tartib-intizom qo'mitasida ko'rib chiqiladi. 

Superliga va Proliga reglamenti”ning 23-bobi hakamlar qaroriga shikoyat yoki etiroz bildirish uchun ajratilgan bo'lsada, "Paxtakor" klubining yuqorida ko'rsatilgan xodimlari reglamentga amal qilmay, uchrashuv hakamlariga nisbatan juda qo'pol munosabatda bo'ldi. Yo'ldoshev texnik zonada hakamni kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqorat qildi, shuningdek, uchrashuv komissarining ish faoliyatiga halal berishga urindi. Yakvalxo'jaev esa stadionning VIP tribunasidan turib o'ta qo'pol so'zlar ishlatgani etmaganidek, keyinchalik hakamlar xonasiga bostirib kirishga uringan. Oqibatda har ikki holatda ham masalaga Milliy gvardiya xodimlari aralashgan.

"Paxtakor" klubi rasmiylari uchrashuv yakuniga etganidan keyingi yarim soat davomida hakamlikka nisbatan shikoyat kiritmagan. Bu esa klub personalida yakdil poziciya mavjud emasligini bildiradi. Biroq Liga komissari stadionni tark etib, o'z ish joyiga kelganidan keyingina "Paxtakor" texnik direktori telefon orqali aloqaga chiqib, hakamlik sifatiga nisbatan etiroz kiritmoqchi ekanligini bildirgan. Komissar reglamentning 23.2-bandidan kelib chiqib, etiroz qabul qilishni rad etgan. Birinchidan, klub belgilangan vaqtga amal qilmagan, ikkinchidan esa etiroz yoki shikoyat texnik direktor emas, balki bosh murabbiy yoki sport direktori tomonidan qaydnomaga kiritilishi va imzolanishi lozim.

Qo'shimchasiga, "Paxtakor" klubi matbuot xizmatining yana bir vakili Behzod Nazarov media tribunada stadionga tashrif buyurgan OAV vakillarining ish faoliyatiga halal berib, butun uchrashuv davomida juda qo'pol so'zlar bilan so'kinib o'tirgan. Bu kabi holat Nazarov bilan ilk bor sodir bo'layotgani yo'q. O'tgan mavsumda mutaxassis shunga o'xshash holat uchun jarimaga tortilgandi. Afsuski, OAV bilan ishlash bo'limi o'zini professional tomondan tutish o'rniga, yuqoridagi kabi hunuk holatlarga sababchi bo'lmoqda. Bu esa Liganing etiboridan chetda qolmaydi. SHuningdek, "Paxtakor" matbuot xizmati klub rasmiy telegram kanalida bildirgan fikrlar uchun javob berishiga to'g'ri keladi. 

Liga "Paxtakor" matbuot xizmatiga o'z vazifasiga professional yondashishni tavsiya qiladi. Boisi, Qizilqum bilan uchrashuv yakunida matbuot anjumanida Liga tomonidan OAV vakillari uchun taqdim etilgan akkreditaciya bilan emas, balki klub tomonidan berilgan boshqa akkreditaciya bilan ishtirok etgan xodim tomonidan murabbiylarga provokacion savollar berilgani aniqlangan. Matbuot anjumanida ruxsat etilmagan shaxsning ishtirok etishi masalasi ham Liga tomonidan alohida ko'rib chiqiladi va jazoga tortiladi. 

Matbuot anjumanida "Paxtakor" klubi ustozi Maksim SHackix klub homiysi Ligaga texnika sotib olib berish taklifini bergani va mazkur taklif rad etilgani to'g'risida fikr yuritgan. Liga SHackixdan mazkur fikrini faktlar bilan konkret asoslab berishini talab qiladi. Umid qilamizki, murabbiy buning uddasidan chiqa oladi. Agar eplay olmasa, OAV bilan keyingi uchrashuvda mazkur fikrlariga qo'shimcha izoh beradi", — deyiladi xabarda.

Reyting: +12   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика