So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  4 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  12 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

"Paxtakor" jarimaga tortildi, Bo'rievning qizil kartochkasi bekor qilindi – O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

"Paxtakor" jarimaga tortildi, Bo'rievning qizil kartochkasi bekor qilindi – O'FA Tartib-intizom qo'mitasi qarorlari

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

“Bunyodkor” — “Lokomotiv”

O'zbekiston Superligasining 8-turi doirasidagi “Bunyodkor” — “Lokomotiv” uchrashuvining 90+7-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchisi Suhrob Sultonov to'p uchun kurashish vaqtida qo'l qismi bilan raqib o'yinchisining bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Suhrob Sultonovga (Lokomotiv) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Lokomotiv” — “Surxon” 

9-tur doirasidagi “Lokomotiv” — “Surxon” uchrashuvining 55-daqiqasida “Surxon” futbolchisi Ulug'bek Hoshimov o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

O'yinning 90+3-daqiqasida “Lokomotiv” futbolchisi Abubakr Rizo Turdaliev o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ulug'bek Hoshimovga (Surxon) va Abubakr Rizo Turdalievga (Lokomotiv) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.


 “Neftchi” — OKMK

CHempionatning 9-turi doirasidagi “Neftchi” — OKMK uchrashuvi 54-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Xurshid G'iyosov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xurshid G'iyosovga (OKMK) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Jasur Jaloliddinov o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jasur Jaloliddinovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

90+10-daqiqada esa “Neftchi” futbolchisi Sanjar Qodirqulov o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sanjar Qodirqulovga (Neftchi) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Paxtakor” — “Qizilqum” 

Superliganing 9-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Qizilqum” uchrashuvining 56-daqiqasida “Paxtakor” futbolchisi Sardor Sobirxo'jaev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Sardor Sobirxo'jaevga (Paxtakor) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

56-daqiqada “Paxtakor” futbolchisi Dragan CHeran bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Dragan CHeranga (Paxtakor) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

SHuningdek, uchrashuv yakunlangandan so'ng, “Paxtakor” klubi rasmiy shaxslari bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatishgan, bu esa tartibsizliklar olib kelgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Nasaf” — “Dinamo” 

Superliga chempionatining 9-turi doirasidagi “Nasaf” — “Dinamo” uchrashuvining 12-daqiqasida “Nasaf” futbolchisi G'olib G'aybullaev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, G'olib G'aybullaevga (Nasaf) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“So'g'diyona” — “Bunyodkor”

9-tur doirasidagi “So'g'diyona” — “Bunyodkor” uchrashuvining 70-daqiqasida “So'g'diyona” futbolchisi Xondamir Mustafaqulov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismini bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xondamir Mustafaqulovga (So'g'diyona) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Dinamo plyus” — “Qizilqum”

Superliga chempionatining 10-turi doirasidagi “Dinamo plyus” — “Qizilqum” uchrashuvining 23-daqiqasida “Dinamo plyus” futbol klubi futbolchisi Salim Mustofoev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Salim Mustofoevga (Dinamo plyus) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

“Surxon” — “So'g'diyona” 

Superliga 10-turi doirasidagi “Surxon” — “So'g'diyona” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan, uchrashuv yakunlangandan so'ng bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgani hamda chetlashtirilgandan so'ng, provokacion harakat qilib o'zini agressiv tutganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ivan Boshkovichga (So'g'diyona) nisbatan nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Jahongir Abdusalomov o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jahongir Abdusalomovga (Surxon) nisbatan nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Navbahor lochinlari” — “Olimpik”

“Olimpik” futbol klubi tomonidan 2024-yilning 30-may kuni Superliganing 10-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Olimpik” uchrashuvining 90+10-daqiqasida “Olimpik” futbol klubi futbolchisi A. Bo'rievga uchrushuv bosh haqami tomonidan berilgan 2-sariq kartochkani bekor qilish so'ralgan.

Abdurauf Bo'rievga ko'rsatilgan ikkinchi sariq kartochka, qizil kartochka Intizom kodeksining 5.61-bandiga asosan O'zbekiston futbol hakamlari markazi Ekspert hakamlar komissiyasi bilan kelishilgan holda bekor qilindi.

 

Proliga

“Mashal” — “Olimpik Mobi-Uz”

Proliganing 10-turi doirasidagi “Mashal” — “Olimpik Mobi-Uz” uchrashuvi 41-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Javohir Abdualimov simulyaciya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javohir Abdualimovga (Mashal) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

O'yinning 58-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi SHaxboz Jo'raev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHaxboz Jo'raevga (Mashal) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 69-daqiqasida “Olimpik Mobi-Uz” futbol klubi futbolchisi Rustambek Fomin bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Rustambek Fominga (Olimpik Mobi-Uz) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

74-daqiqada “Olimpik Mobi-Uz” futbolchisi Murodjon Komilov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Murodjon Komilovga (Olimpik Mobi-Uz) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“SHo'rtan” — “Mashal”

Proliga musobaqasining 11-turi doirasidagi “SHo'rtan” — “Mashal” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, uchrashuvning 77-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Xumoyun Murtozaev o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olganligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xumoyun Murtozaevga (Mashal) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 86-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi Muhammad Yo'ldoshev uchrashuv to'xtatilgan vaqtda qo'li bilan raqib o'yinchisi yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Muhammad Yo'ldoshevga (Mashal) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+8-daqiqasida “SHo'rtan” futbol klubi futbolchisi SHaxboz Nuritdinov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqib jamoa futbolchilari shaniga xaqoratli so'zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHaxboz Nuritdinovga (SHo'rtan) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Mashal” futbol klubi futbolchisi SHaxboz Jo'raev uchrashuv to'xtatilgan vaqtda qo'li bilan raqib o'yinchisiga qorin qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHaxboz Jo'raevga (Mashal) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom choralari qo'llanildi.

 

“Olimpik Mobi-Uz” — “Aral”

Proliganing 11-turi doirasidagi “Olimpik Mobi-Uz” — “Aral” uchrashuvining 90+4 daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Javohir O'tamurodov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javohir O'tamurodovga (Aral) nisbatan jarima intizom choralaci qo'llanildi.

 

“Do'stlik Toshkent” — “SHo'rtan 

Proliganing 10-turi doirasidagi “Do'stlik Toshkent” — “SHo'rtan” uchrashuvi 56-daqiqasida “Do'stlik Toshkent” futbol klubi futbolchisi Asliddin Tursunpo'latov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Asliddin Tursunpo'latovga (Do'stlik Toshkent) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Xorazm” — “Buxoro”

Proliganing 10-turi doirasidagi “Xorazm” — “Buxoro” uchrashuvining 77-daqiqasida “Xorazm” futbol klubi futbolchisi Abror Xusinov to'psiz vaziyatda qo'li bilan raqib o'yinchisiga bel qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abror Xusinovga (Xorazm) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

O'yinning 90+5-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi SHirinboy Abdullaev vaqtni atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

SHirinboy Abdullaevga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Qo'qon-1912” — “Aral”

Proliganing 10-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” — “Aral uchrashuvining 79-daqiqasida “Aral” bosh direktori Azamat Allaniyazov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Azamat Allaniyazovga (Aral) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida “Aral” futbol klubi yordamchi murabbiyi Nigmatulla Kutiboev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Nigmatulla Kutiboevga (Aral) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

SHuningdek, “Aral” murabbiyi Aybek Nurbaev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Aybek Nurbaevga (Aral) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Bundan tashqari, “Aral” futbol klubi tomonidan “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.22-bandini buzgan, yani uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan shaxs hamda zaxira futbolchilari texnik zonada maxsus ajratilgan joyda bo'lishi shart deb belgilangan bo'lsada, “Aral” futbol klubi matbuot kotibi uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan lekin mazkur uchrashuvda kelmagan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Aral” futbol klubiga nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

Birinchi liga

“Bunyodkor farm” — “Cementchi” 

Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor farm” — “Cementchi” uchrashuvining 55-daqiqasida “Bunyodkor farm” jamoasi futbolchisi Mirkamol Annamatov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mirkamol Annamatovga (Bunyodkor farm) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom choralari qo'llanildi.

 

“Zomin” — “Xorazm FA”

Birinchi liganing 6-turi doirasidagi “Zomin” — “Xorazm FA” uchrashuvining 70-daqiqasida “Xorazm FA” jamoasi futbolchisi Jamshid Zaripboev to'p uchun kurashish vaqtida tirsak bilan raqib o'yinchisining bosh qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jamshid Zaripboevga (Xorazm FA) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom choralari qo'llanildi.

 

U-21 chempionaati

“Dinamo U21” — “Paxtakor U21” 

U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Dinamo U21” — “Paxtakor U21” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Dinamo U21” futbolchisi Vohidjon Oqbo'taev to'psiz vaziyatda qo'li bilan raqib o'yinchisiga kurak va yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Vohidjon Oqbo'taevga (Dinamo) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Dinamo plyus U21” — “Qizilqum U21”

U21 chempionatining 10-turi doirasidagi “Dinamo plyus U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvining 56-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Xumoyunshox Sayyotov o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xumoyunshox Sayyotovga (Qizilqum U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 79-daqiqasida “Dinamo plyus U21” jamoasi futbolchisi Oybek Xamroqulov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Oybek Xamroqulovga (Dinamo plyus U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Bunyodkor U21” — “Neftchi U21”

Uchrashuvning 63-daqiqasida “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Xumoyun Bozorboev bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xumoyun Bozorboevga (Bunyodkor U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

OKMK U21 — “Metallurg U21” 

U21 chempionatining 10-turi doirasidagi OKMK U21 — “Metallurg U21” uchrashuvining 84-daqiqasida “Metallurg U21” jamoasi futbolchisi Alisher Xayrullaev raqib jamoa futbolchisi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Alisher Xayrullaevga (Metallurg U21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvi yakunlangandan so'ng “Metallurg U21” jamoasi yordamchi murabbiyi Zohid Abdullaev bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Zohid Abdullaevga (Metallurg U21) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizom choralari qo'llanildi.

 

“Navbahor U21” — “Olimpik U21”

Uchrashuvning 51-daqiqasida “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi Abdulvosid Mahmudov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdulvosid Mahmudovga (Olimpik U21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi Abdulboriy Marifjonov simulyaciya uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdulboriy Marifjonovga (Olimpik U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

90+3-daqiqada esa “Olimpik U21” jamoasi futbolchisi Oybek O'rmonjonov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Oybek O'rmonjonovga (Olimpik U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Bunyodkor U21” — “Lokomotiv U21

U21 chempionatining 8-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” — “Lokomotiv U21 uchrashuvi 13-daqiqasida “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Umidbek Sultonov bosh hakam qaroriga nisbatan etiroz bildirib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Umidbek Sultonovga (Bunyodkor U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Neftchi U21” — OKMK U21 

9-tur doirasidagi “Neftchi U21” — OKMK U21uchrashuvining 32-daqiqasida OKMK U21 jamoasi futbolchisi Eldor Begimov simulyaciya uchun sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Eldor Begimovga (OKMK U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

“Paxtakor U21” — “Qizilqum U21”

“Paxtakor U21” — “Qizilqum U21” uchrashuvi 56-daqiqasida “Paxtakor U21” jamoasi futbolchisi Abdushukur Maxamatov o'yin vaqtini atayin cho'zib, sariq kartochka olgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdushukur Maxamatovga (Paxtakor U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

Uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Qizilqum U21” jamoasi futbolchisi Elshod To'xtaev bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatib, maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Elshod To'xtaevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom choralari qo'llanildi.

 

“So'g'diyona U21” — “Bunyodkor U21” 

U21 chempionatining 9-turi doirasidagi “So'g'diyona U21” — “Bunyodkor U21” uchrashuvi yakunlangandan so'ng, “Bunyodkor U21” jamoasi futbolchisi Ollabergan Karimov qo'l qismi bilan raqib o'yinchisiga yuz qismiga zarba bergan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ollabergan Karimovga (Bunyodkor U21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom choralari qo'llanildi.

SHuningdek, “So'g'diyona U21” futbolchisi Javlon Abduvaxobov raqib jamoa futbolchisi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javlon Abduvaxobovga (So'g'diyona U21) nisbatan jarima intizom choralari qo'llanildi.

 

U19 chempionati

“Do'stlik Toshkent U19” — “Qo'qon-1912 U19”

U19 chempionatining 7-turi doirasidagi “Do'stlik Toshkent U19” — “Qo'qon-1912 U19” uchrashuvi 90+3-daqiqasida “Qo'qon-1912 U19” jamoasi futbolchisi Lazizxon Erkinov oyoq qismi bilan raqib o'yinchisini orqa qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Lazizxon Erkinovga (Qo'qon-1912 U19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom choralari qo'llanildi.

 

Ayollar Oliy ligasi

“Neftchi W” — “Sevinch”

Ayollar Oliy ligasi 11-turi doirasidagi “Neftchi W” — “Sevinch” uchrashuvi 51-daqiqasida daqiqasida “Sevinch” jamoasi futbolchisi Mehribon Egamberdieva raqib o'yinchisi tepgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Mehribon Egamberdievga (Sevinch) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish chorasi qo'llanildi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика