"Paxtakor" - "Buxoro". Prevyu
22 sen 2018 12:47
Yangiliklar
"Paxtakor" - "Buxoro". Prevyu
Yuqori oltilikdan o'rin olgan jamoalar o'rtasidagi har bir bellashuv sovrindorlar nomini aniqlashda katta ahamiyat kasb etadi. SHu sababli har bir o'yinning qiymati juda yuqori ko'rinish olgan. Oxirgi yillarda ushbu jamoalar to'qnashuvi keskin kurashlar ostida kechmoqda. CHempionatlar doirasida klublar 52 bor to'qnash kelishgan. "SHerlar" 36 bellashuvda zafar quchishgan, 7 o'yinda "Buxoro" g'olib chiqqan. 9 uchrashuvda jamoalar durang o'ynashgan.
“Paxtakor” 109 gol urib, darvozasidan 35 to'p olib chiqqan. Toshkentdagi o'yinlarning 23tasida “SHerlar” ustun kelishgan. 2 uchrashuvda durang va faqat bir bor mehmonlar g'alabasi kuzatilgan. O'zaro o'yinlardagi eng yirik natija 2005 yil qayd etilgan. Buxoroda “Paxtakor” 8:0 hisobida g'alaba qozongan.
Bellashuvni sariq kartochkalar sababli "Buxoro"dan Aziz Ibragimov o'tkazib yuboradi.
"Paxtakor" va "Buxoro" o'rtasidagi uchrashuv 22 sentyabr, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.
Fikrlar