So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  21 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

“Paxtakor” bo'linish holatiga ko'ra “Navbahor”ni quvib etdi Yangiliklar

“Paxtakor” bo'linish holatiga ko'ra “Navbahor”ni quvib etdi

Teglar :  Superliga
Pepsi Superliganing 16-turidan keyingi bo'linish holati ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Keling, avval umumiy jadval bilan tanishib olamiz.

Tanaffusdan keyin “Paxtakor” bungacha peshqadam bo'lib turgan “Navbahor”ga etib oldi. Mazkur turda Namangan klubi oltilikda bo'lmagan “Nasaf” mehmoni bo'ldi. Toshkent grandi esa mana shu oltilikning so'nggi azosi bo'lgan “Buxoro”ni taslim qilish evaziga peshqadamga aylandi. 

Keyingi oltilikda “Qizilqum”ning ishlari joyida deyish mumkin. Navoiy klubi hisobida umumiy 9 ta mag'lubiyat bor. SHularning 7 tasida yuqoridagi jamoalardan qabul qilib olingan. Quyidagilardan esa ochkolar ko'p ishlangan.

“Nasaf”, “So'g'diyona”, AGMK va “Qo'qon-1912” o'rtasida judayam qiziqarli raqobat bor. Vaziyat har turdan keyin butunlay o'zgarib ketishi mumkin. Hozircha aniq tomoni shundaki, qoldirilgan 14-tur o'yinlari o'tganidan keyin ham yuqori oltilik jamoalarining nomi o'zgarmaydi. Boisi “Metallurg” va “Nasaf” o'rtasidagi ochkolar farqi 4 tani tashkil qilyapti. 

12—13 iyul kunlari qoldirilgan 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi:

12 iyul, payshanba

AGMK — “Paxtakor”

“Bunyodkor” — “Neftchi”

“So'g'diyona” — “Buxoro”

13 iyul, juma

“Lokomotiv” — “Navbahor”

“Nasaf” — “Qizilqum”

“Qo'qon-1912” — “Metallurg”

Mazkur turda 2 ta uchrashuvga etibor berish kerak. Birida “Lokomotiv” va “Navbahor” o'ynaydi. Mazkur o'yin orqali “temiryo'lchilar” umumiy jadvalda raqibi bilan tenglashib olishi mumkin. Biroq bo'linish holatiga ko'ra “Navbahor”ga eta olmasligi aniq.

SHuningdek, “Nasaf” — “Qizilqum” o'yiniga ham befarq bo'lmaslikni maslahat beramiz. Bu o'yin orqali Navoiy klubi umumiy jadvalda “Nasaf”ga etib olishi mumkin. O'z navbatida Qarshi klubi bo'linish holatida “Qizilqum”ga yaqinlashib olishi mumkin. Qolgan uchrashuvlar esa boshqa-boshqa zona vakillarining o'zaro to'qnashuvidir. SHunda ham ularga jiddiy qarash shart. Axir kim ham 22-turdagi bo'linish holatida 6-o'rindan pastda turishni istardi?

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика