So’nggi yangiliklar

09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  0 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  0 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  0 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  1 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  0 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  3 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  16 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  10 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  25 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Konstantin Bakanov Yangiliklar

"Paxtakor-79"ni xotirlab: Konstantin Bakanov

Hamisha "Paxtakor"ga sodiq qolgan yarim himoyachi Konstantin Bakanov chap qanot yarim himoyasida ishonchli o'yin namoyish qilardi.

Konstantin Bakanov 1954 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. U "Paxtakor" stadioniga yaqin hududda istiqomat qilgani uchun yoshligidanoq futbol to'garagiga qatnashni boshlagan. 1966 yil Toshkentda ro'y bergan zilziladan so'ng o'quvchilar boshqa shaharlarga jo'natilgan. O'shanda Bakanov Moskvaga jo'nab ketgan va o'sha erda ham futbol bilan shug'ullanishda davom etgan. Uning birinchi murabbiyi Akmal Azizxo'jaev hisoblanadi. Moskvada ikki yil o'qigach, Konstantin Toshkentga qaytadi. U o'zi tug'ilgan shaharni har erdan yaxshi deb sanardi va "Dinamo" Moskva futbol maktabidan tushgan taklifga etibor qaratmaydi. 1971 yil "Paxtakor" murabbiyi Vyacheslav Solovyov uni "Paxtakor" o'rinbosarlari safiga taklif etadi. Asosiy tarkibga asta-sekinlik bilan jalb qilingan Bakanov o'zini yo'qotib qo'ymadi. Biroq og'ir jarohat tufayli u faoliyatida naqd 4 yillik tanaffus qilishga majbur bo'ldi. 1976 yil safga qaytgan Kostya murabbiy Anatoliy Bashashkinning ishonchini oqladi va birinchi ligada qatnashgan "Paxtakor" tarkibida 36 o'yinda 11 to'p kiritishga erishdi. 1977 yil u jamoa bilan birinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga chiqishga erishadi. Yuqori tabaqada ilk mavsumda 24 bahsda 7 gol uradi. Unga o'sha paytlar CSKAdan katta qiziqish bo'lgan, biroq Bakanov "Paxtakor"ni tark etishni xayoliga ham keltirmagan. Mashum fojia yuz bergan 1979 yil u 18 uchrashuvda maydonga tushgandi.

Bakanovlar oilasi futbolga moyilligi bilan ajralib turgan. Boris Bakanov uzoq yillar O'zbekiston va Qozog'iston klublarida to'p tepgan. Akasi bilan bog'liq halokatdan so'ng Boris futbolni tashlamoqchi bo'ladi, ammo onasi bunga ko'nmaydi. Konstantinning o'g'li Sergey Bakanov esa uzoq yillar "Traktor" jamoasi himoyachisi bo'lganini ko'pchilik muxlislar eslashadi. "Navbahor" va "Qizilqum" jamoalarida ham o'ynagan. Oliy ligada 15 mavsum o'tkazgan. Sergey imkon qadar otasining yo'lidan borishga intildi. O'zbekiston chempionatida hurmatga sazovor himoyachilardan biriga aylana oldi.

Konstantin Bakanov og'ir jarohatdan so'ng yana katta futbolga qaytgani, o'zi uchun sevimli klubda o'ynagani, unga sodiq qolgani bilan doim muxlislar qalbida qoladi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика