So’nggi yangiliklar

09:50«Манчестер Сити» испаниялик футболчига 200 миллион фунт тўлашга тайёр  1 09:22Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:57Суперлига. Бугун 6-тур якунланади  4 08:26ОФК президенти Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Осиё кубогида ғолибликни қўлга киритгани муносабати билан табрик йўллади  19 07:55Ўзбекистонни чeмпион қилган Исломбек Исмоилов финалдан сўнг нималар деди?  25 07:30U-17 Осиё кубоги. Уч нафар футболчимиз «энг яхши» совринига эга бўлди  11 07:10U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0, Фантастик ғалаба!  9 06:51Валверденинг сўнгги дақиқалардаги супер голи «Реал»га муҳим ғалабани тақдим этди  11 05:31Александр Хомяков: "ВАР билан боғлиқ ҳолат, вақт чўзилиши бизнинг зараримизга ишлагандек бўлди"  10 04:41Бундеслига. "Аугсбург" — "Айнтрахт" ўйинида дуранг, "Боруссия Дортмунд" бешта гол урилган ўйинда ғалаба қозонди, "Байер" дуранг ўйнади  0 04:23А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" эса "Аталанта"га мағлуб бўлди  2 00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  3 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  11 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  3 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  9

Paulo Dibala: “Yuventus”da g'alabaga xohishni o'rgandim” Yangiliklar

Paulo Dibala: “Yuventus”da g'alabaga xohishni o'rgandim”

Turinliklar hujumchisi Paulo Dibala “Palermo”dan kelgach, qisqa vaqt ichida o'ziga bildirilgan ishonchlarni oqlay oldi.

“La Repubblica” nashri muxbiri bilan suhbatda argentinalik futbolchi turli masalalar yuzasidan fikrlarini bildirdi.

- Paulo, dastlabki haqiqiy zarbalarni Gattuzodan olishni boshlaganing rostmi?

- U meni bir necha oy shug'ullantirdi, lekin menga zarbalarni qabul qilishni o'rgatdi. Meni hujumkor poziciyaga qo'yib, o'zi yarim himoyaga tushardi. Agar uni aldasam, darhol maydonga qulatardi. SHunday tarzda to'qnashuvga dosh berish, to'pni tana bilan yashirish va to'qnashuvning oldini olishni o'rgandim. Keyin Yakini keldi va meni hujumga qo'ydi. O'z-o'zidan himoyachilarning haqiqiy zarbalariga dosh berishga to'g'ri keldi.

- Iqtidorga chiniqqan muskullar zarurmi?

- Mashg'ulotda bunga tayyor bo'lmasang, uddasidan chiqmaysan. Kuadradoga qarang. Engildek ko'rinadi, lekin zarbalarga oson dosh beradi. Uni yiqitish oson emas.

- Messini ko'plab argentinaliklar yoqtirishmaydi. Nega?

- CHunki biz o'zgacha xalqmiz. Maradonadan farqli ravishda u jahon chempioni emas, shu sababli uni tanqid qilishadi. Men ularni taqqoslamayman: bizda Diego bo'lgan va hozir Messi bor. Ularni asrash kerak.


- Messidan keyin Dibalaning ertasi bo'lishini gapirishmoqda. O'sha kungacha uzoqmi?

- Ertaga - bu Messi. U va Aguero, Di Mariyaning o'yinlaridan zavq olish lozim. Ular bilan mashq qilish katta omad va kuchli hayajondir.

- Messi bilan birga o'ynash haqida o'ylaysanmi?

- Tez-tez. O'ylashimcha, u 5 raqib orasida bo'lsa ham to'pni unga uzataman.

- Senda Italiya va Polsha pasportlari va qoni bor. O'zingni qanchalik argentinalik deb his qilasan?

- Yuz foizga. Garchi, ko'zimning rangi tufayli xorijlikka o'xshab ko'rinsam ham. Tanlash payti kelganda biror daqiqa o'ylanib o'tirmadim. Italiya va Polsha terma jamoalarida raqobat kamroq bo'lardi, biroq Argentina uchun o'ynashni xohlayman. Agar bu o'xshamasa, unda o'zimga savol beraman, lekin bayrog'imni o'zgartirmayman. O'z madhiyam, ranglarim mavjud bo'lmagan terma jamoada baxtli bo'la olmasdim.

- Demak, bunday yo'l tutganlar sotqin hisoblanadimi?

- Do'stim Franko Vaskesning onasi italyan. Menda esa faqat buvimning ajdodi tomondan olingan pasport bor xolos. Uning o'zi haqida bilmayman. U o'zini italyan deb his qiladi, men esa yo'q.

- Aslida sen polyaksan, shundaymi?

- To'g'ri, lekin bir necha oylar avval kelib chiqishim haqida o'ylamagandim. Aniqrog'i, bobomning opasi bilan tanishgan kunimga qadar. Bir polshalik jurnalist men haqimda hujjatli film tayyorladi. Ko'rsatuv uchun Krakov yaqinida Krasnovdan Dibalalar oilasidan oxirgi vakilni izlab topgan. “Skype” orqalibuvimning yaqin tug'ishgani, shuningdek, amakivachchalarimdan biri bilan suhbatlashyapman. Polshada esa bo'lmaganman. Akam Mariano bu bilan ko'proq qiziqib qoldi. U biror javob olmasdan ko'plab xatlar yo'lladi.

- Otang sen 15 yoshligingda vafot etgan.

- U meni har bir mashg'ulotga olib borardi. Ko'p kasal bo'ldi va o'limini bir oy avvalroq his etgandim. Men uni juda sog'inaman. Lekin uning yonimda emasligi menga kuch berdi va ulg'aytirdi. Oilamga bog'lanib qolganman, onam men bilan Turinda istiqomat qiladi. Faoliyatim uchun uyimda ko'p yashamasligim zarurligini bilganman va klubga qarashli pansionatda istiqomat qilardim.


- 18 yoshda qitani almashtirish juda erta emasmi?

- Evropaga ketishdan avval 2-3 yil “Boka” yoki “River”da o'ynash haqida o'ylardim. Lekin bir kun Zamparini 12 million bilan paydo bo'ldi va ketishga majbur edim. Taklifni qabul qilishimga ishontirishdi, chunki bu pul kichik klubimni qutqarib qolishga etarli edi. Lekin transferim amalga oshgach, klub prezidenti g'oyib bo'ldi va “Instituto” yana pulsiz qolib ketdi. Sobiq jamoadoshlarimga yana pul to'lashmayapti va ular muxlislar uchun o'ynab kelishmoqda. Qattiq jahlim chiqdi, chunki mendan foydalanishgan.

-Palermo” to'g'ri tanlov bo'lganmi?

- Ha, chunki meni klubda 10 yildan beri yurgandek qabul qilishdi. Boshida qiyin bo'ldi. Tilni bilmasdim va hech qachon murabbiyim o'zgarmagandi. Jamoadoshlarim bu oddiy holat ekanligini aytishdi. Tushib ketishimiz og'riqli bo'ldi, lekin “Palermo”da ko'p narsalarni o'rgandim. Grandlarga o'tish xohishim Siciliya orqali sodir bo'ldi. Muvaffaqiyatli o'ynasam, barchasi o'z-o'zidan sodir bo'lishini bilardim.

- “Yuve”da o'ynab keta olmaslik haqida o'ylamadingmi?

- Yo'q, aks holda “Palermo”da qolardim. Boshqa tomondan hech kim 6 o'yinda mendan 15 gol talab qilgani yo'q. Allegri meni zaxirada qoldirsa, bu uning o'yinni yutqazishni istamasligi bilan bog'liq. U o'tgan mavsum deyarli barcha narsani yutdi va undan xafa bo'lishga haqqim yo'q.

- Avval senda bo'lmagan nimaga egasan?

- G'alabaga xohishni o'zlashtirdim, bu juda qiyin va g'alati. Berlindagi finaldan keyin jamoa bilan birga Italiyaga qaytdim va bir vaziyat meni hayajonga soldi. Markizio oldimga keldi va keyingi yil hamma narsani yutishga yordam berish uchun tayyor bo'lishimni takidladi. Ular sal avval CHempionlar ligasi finalini yutqazishdi, lekin tatil o'rniga kelasi mavsum to'g'risida o'ylashni boshlashdi. O'sha lahzada “Palermo”va“Yuventus” o'rtasidagi farqni sezdim.

- SHunday tez kirishib ketishingni o'ylaganmiding?

- Mavsumda 15 gol urishga umid qilgandim. Hozir hisobimda 10 to'p mavjud va rejani ko'tarsam bo'ladi. Taxminlarimdan oldinda ketyapman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика