Paulino "Barselona"ni tark etishga tayyor
07 iyu 2018 11:17
Yangiliklar
Paulino "Barselona"ni tark etishga tayyor
Braziliya terma jamoasining 29 yoshli o'yinchisi Xitoy klubiga qaytib borishga rozilik berib bo'lgan.
O'yinchi o'tgan mavsum ECHL 1/4 final javob bahsida "Roma"ga qarshi (0:3) zaxirada qolganidan norozi. Rimliklarga qarshi birinchi o'yin (4:1)da esa faqatgina ikkinchi bo'limning yarmida maydonga tushgan.
"Barsa" Paulinoni bir yil oldin "Guanchjou"dan 40 million evroga sotib olgan edi, shundan 7,5 millionini o'yinchining o'zi to'lagan.
Endi xitoyliklar futbolchi uchun 50 mln atrofida taklif qilishmoqchi. Kelishuv bilan mashxur agent Kia Jurabchian shug'ullanmoqda.
Oldinroq, "Yuventus" Paulinoni 40 mln evroga sotib olmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.

Eslatib o'tamiz, Paulino kecha Braziliya terma jamoasi bilan birga Belgiyadan mag'lubiyatga uchradi (1:2) va mundial bilan xayrlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar