So’nggi yangiliklar

01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  2 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  0 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  0 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  60 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   13 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  6 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  7

Paslar dahosi: Xavining El-Klasikodagi eng yaxshi 5 o'yini Yangiliklar

Paslar dahosi: Xavining El-Klasikodagi eng yaxshi 5 o'yini

El-Klasiko – bu shunchaki o'yin emas. Bu jang, tarix, drama va futbol sanati namoyishi.

Bu afsonaviy to'qnashuvda Yoxan Kroyff, Diego Maradona, Ronaldino, Lionel Messi kabi sehrgarlar mo'jiza yaratgan, ammo "Barselona" va "Real"ning raqobati tarixida Xavi Ernandesning ham katta o'rni bor. U o'yinga ritm bergan, uni boshqargan va futbolni qisqa paslar simfoniyasiga aylantirgan inson edi.

Quyida Xavining El-Klasikodagi beshta eng zo'r o'yinini eslaymiz. Darhaqiqat, Sizlar bizning fikrlarimizga qo'shilmasligingiz ham mumkin.

"Barselona" – "Real" 5:0 (2010 yil 29 noyabr)

Bu o'yin "Real" uchun "El-Klasikodagi eng katta hurmatsizlik" deb nomlangan. Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Barsa" ehtimol, o'z tarixidagi eng zo'r futbolini namoyish etgan, Xavi esa bu spektaklning dirijyori bo'lgan.

"Kamp Nou"dagi uchrashuv madridliklarning 5:0 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlangan. Xavi 10-daqiqada hisobni ochgan – "blankos" jarima maydonida vaziyatni mahorat bilan hal qilgan. Lekin bu o'yindagi eng muhimi – uning to'pni nazorat qilishi, dohiyona paslari va maydon markazidagi xotirjamligi edi. Bu kechada "Barsa" shunchaki g'alaba qozonmadi – u "Real"ni er bilan yakson qildi.

"Real" – "Barselona" 2:6 (2009 yil 2 may)

Bu o'yin Pep Gvardiola davridagi "Barsa" ustunligining ramziga aylangan. Hamma "Real" chempionlik uchun kurashadi deb o'ylagan, ammo kataloniyaliklar 6:2 hisobida g'alaba qozonib, sovrin yo'lidagi barcha bahslarga nuqta qo'yishgan.

Xavi bu o'yinda to'rtta golli pas berib, El-Klasiko tarixidagi rekordni o'rnatgan. U Terri Anri, Karles Puyol va Lionel Messiga golli paslar uzatib, maydonni ajoyib ko'ra olish qobiliyatini namoyish qilgan. Bu kelajak futboli edi, "Real" esa chinakam ojiz ko'ringan.

Ispaniya Kubogi finali: "Real" – "Barselona" 0:3 (2011 yil 20 aprel)

Bu o'yin "blaugranas" muxlislarining yodida abadiy qoladi. Joze Mourino boshchiligidagi "Real" 0:5 uchun qasos olishni xohlagan, ammo "Barsa" yana bir bor kuchliroq ekanini ko'rsatgan.

Xavi jamoa yuragi edi – hujumlarni boshlab, murakkab vaziyatlarda ham ideal echim topa bilgan. U Pedroga birinchi gol oldidan hal qiluvchi pas bergan. Keyin esa Messi ikki marta darvozani ishg'ol qilgan. "Real" o'z maydonida, o'z muxlislari qarshisida falokatli mag'lubiyatni qabul qilib olgan.

Ispaniya Superkubogi: "Barselona" – "Real" 3:2 (2011 yil 17 avgust)

Bu o'yin Gvardiola va Mourinyuning "abadiy to'qnashuvi" ramzi bo'ldi. Juda keskin, provokaciyalarga boy va janjal-munozaralar bilan to'la o'yin bo'lgan.

Xavi maydondagi tartibsizlikka qaramasdan, tinchlik namunasi bo'lib qolgan. U jamoasini hisobda oldinga olib chiqadigan golni urgan. Kataloniyaliklar g'alaba qozongan, ammo bu o'yin maydondagi futbol bilan emas, balki o'yin oxiridagi janjal – Mourinyuning Tito Vilanova ko'ziga barmoq bilan ishora qilishi bilan esda qolgan.

Chempionlar Ligasi: "Real" – "Barselona" 0:2 (2011 yil 27 aprel)

2011 yilgi Chempionlar Ligasi yarim finali – Gvardiola va Mourinyu o'rtasidagi taktik jihatdan eng qiyin to'qnashuvlardan biri bo'lgan. "Santyago Bernabeu"dagi birinchi o'yinda "Barsa" 2:0 hisobida g'alaba qozongan, Xavi esa har doimgidek markazning "miyasi" bo'lgan.

Uning sovuqqonligi sababli "Barselona" "Real"ning bosimidan osonlik bilan chiqib keta olgan. Xavi imkoniyatlar yaratgan, himoyani kesib o'tuvchi paslar yo'llagan va o'yinning ritmini belgilab turgan. Messining ikki goli esa barchasini hal qilgan. "Barsa" finalga chiqqan va keyinchalik turnir g'olibi bo'lgan.

Xulosa o'rnida:

Bu o'yinlar – Xavining El-Klasikoda qilgan ishlari uning futbolga qoldirgan merosining bir qismi xolos. U shunchaki futbolchi emas, futbolni yurak bilan his qilib o'ynagan rassom.

Gvardiolaning "Barselona"si tarixdagi eng zo'r jamoalardan biri, Xavi esa uning almashtirib bo'lmas memori sifatida yodda qoladi. Futbolchilik faoliyati tugagach ham u bu tarixning bir qismi bo'ldi, faqat murabbiy sifatida. U "Barsa"ni LaLiga chempioni qilgani, katta yutuq, garchi bu muxlislar orasida katta tanqid ostiga olinsa-da.

Balkim, kelajakda u boshqa jamoada tajriba orttirib, yana "Barselona"ga katta nomli mutaxassis sifatida qaytar. Lekin bir narsa aniq – Xavisiz El-Klasiko boshqacha bo'ladi, ammo uning buyukligi abadiy yodda qoladi.

Aytgancha, El-Klasikoga roppa rosa 48 soat qoldi. 27 aprel kuni 01:00da dunyo ikkiga bo'linib, bu o'yinni tomosha qiladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика