Sneyder: "Mbappe kelasi yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi, bunga deyarli 100 foiz ishonchim komil"
04 dek 2025 00:35
Yangiliklar
Sneyder: "Mbappe kelasi yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi, bunga deyarli 100 foiz ishonchim komil"
"Real" va "Inter" jamoalarining sobiq yarimhimoyachisi Uesli Sneyderning fikricha, Kilian Mbappe kelasi yil "Oltin to'p"ni qo'lga kiritadi.
"Hozirgi kunda natijalar qanday baholanayotganini hisobga olsak, Mbappe keyingi mavsumda uni yutishiga deyarli 100 foiz ishonchim komil. Bundan tashqari, u endi haqiqiy hujumchiga aylandi, qanotdagiga qaraganda yaxshiroq o'ynamoqda. "Madrid"ga Xoland kabi o'yinchi kerak emas.
Vini "Oltin to'p"ni ehtimol, bir yildan so'ng qo'lga kiritadi. Ikkalasida ham buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ehtimol, Vinisius ikki yil oldin ham g'alaba qozonishi mumkin edi. Men o'shanda [2010 yilda] mukofotga loyiq edim, lekin bunga achinmayman. Boshqalar nima deb o'ylashini bilmayman, ammo men Chempionlar Ligasidagi g'alabadan ko'proq xursand edim. "Oltin to'p"ni qo'lga kiritib, o'sha mavsumda CHLni yuta olmaganimda bunday bo'lmasdi" - dedi Sneyder.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
Нани: "Роналдунинг 1000 та гол уриши осон. У бунинг учун керак бўлса энг кучсиз лигага кетади. Унга ҳужжатлаштирилган 1000 та гол керак - Пеле ва Ромарио каби урилган эмас”
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Ўйин бўйича ҳеч қандай уяладиган жойимиз йўқ"
Fikrlar