So’nggi yangiliklar

02:49А Серия. "Рома" ғалабага эришди ва тўртинчи ўринга кўтарилди  0 01:36Аморим Бруну ҳақида: "У даволанаётганда ҳам машғулотларга келади. Менинг ишимни олмоқчими ёки йўқми билмайман, лекин бу йигит – етакчи"  0 01:01Қайта ташкил этилган "Ғазалкент" ўзининг илк назорат учрашувини ўтказди  0 00:51"Манчестер Сити" кейинги 48 соат ичида трансфер борасида эълон қилиши мумкин  0 00:28Фабио Каннаваро Акмал Мозговой ва Отабек Шукуров ўйинини стадиондан томоша қилди  3 23:53Роналдо машғулотлар ҳақида: "Мени 15 километрлаб югуришга мажбур қилишарди, аммо бу менга керак эмас эди"  3 23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   11 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  1 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  3 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  22

O'zPFL Superliga maydonlarini o'rganib chiqdi. Tez orada 2024 yilgi mavsum uchun qabul qilingan va talabga javob bermagan stadionlar nomi elon qilinadi Yangiliklar

O'zPFL Superliga maydonlarini o'rganib chiqdi. Tez orada 2024 yilgi mavsum uchun qabul qilingan va talabga javob bermagan stadionlar nomi elon qilinadi

Superliga maydonlari Liga tomonidan to'liq tekshirib chiqildi.

23 dekabrga qadar Superliganing yangi mavsumi uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin bo'lgan stadionlar maydoni to'liq o'rganib chiqilishi aytilgandi. Liga mazkur ishni nihoyaladi.



Endilikda avvaldan malum qilingan talab bo'yicha har bir stadion maydoni haqida batafsil malumot mavjud. SHu asosda Liga futbol klublari bilan yil davomida ishlashda davom etadi. Tez orada qaysi stadionlar 2024 yilgi mavsum uchun qabul qilingani va qay biri talabga javob bermasligi yuzasidan malumot taqdim etiladi.  

Liga mutaxassislarining stadionlarga tashrifi murakkab jarayon bo'lib, bunda har bir maydon egasi maysa yoki drenaj tizimi yaxshi ishlayotgani yuzasidan argument keltirishga harakat qiladi. SHuni inobatga olgan holda Liga mutaxassislari zamonaviy asbob-uskunalar bilan maydonlarda bo'ldi va har qanday malumot maydon egasi bo'lgan tomon uchun batafsil tushuntirib berildi. Jumladan, Liga mutaxassislari maydon termometri, elektron dinamometr, infiltraciya apparati va shu kabi boshqa zamonaviy texnikalar yordamida o'z xulosalarini bayonlashtirdi.  



Tekshiruv ishlari yordamida maysaning butun maydon bo'ylab qoplanganligi darajasi, jami maysa rangining farqlanganligi ko'rsatkichi, maysa ildizining chuqurlilik darajasi, unda yovvoyi maysalar, kasallangan yoki zararlangan maysalar mavjudligi, hasharotlar va zararkunandalar bor yoki yo'qligiga ham ahamiyat berildi. Dastavval tashqaridagi harorat hamda maysa ildizi joy olgan chuqurlikda harorat solishtirildi. Elektron dinamometr kaliti yordamida tuproq mustahkamligi, futbolchining butsasi maydonga qanchalik chuqur botishi va qay tariqa sirpanishi o'rganildi. SHuningdek, infiltraciya apparati yordamida maydonda suvning yutilib ketish darajasi o'lchandi hamda drenaj tizimi faoliyatiga baho berildi.



Ishchi-guruh etibor qaratgan yana bir muhim jihat — klub yoki stadionning maydon parvarishi bo'yicha maxsus texnikaga ega ekanligi bo'ldi. Talab bo'yicha maxsus traktor, erni yumshatadigan aerator apparati, maysa o'radigan apparat, maydonga yoziladigan to'r gilamcha, tekislovchi va tarovchi apparat va dori sepadigan arava apparati har bir stadionda bo'lishi shart. Bu kabi apparatlarni O'zbekistonga olib kirish masalasida prezident qarorlarida qator engilliklar taqdim etilgan bo'lsa-da, ayrim futbol klublari smeta bo'yicha mablag'larni birlamchi zaruriyatlarga emas, asosan oylik-maoshlarga sarf etayotgani Ligaga malum. Mazkur holat Associaciya hamda Liga tomonidan tanqidiy ruhda ko'tarilayotgan bo'lib, 2024 yilgi mavsum smetalari o'rganilayotgan vaqtda futbol klublariga qo'yiladigan talablar yanada jiddiylashadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика