So’nggi yangiliklar

12:54УЕФА Англия клубини мухлислар баннери туфайли жазолади  0 12:20МЮ Аморимнинг ўрнига бошқа мураббий излаётгани ҳақидаги хабарлар рад этилди  1 11:50Жозе Моуринью: "Бенфика"дан таклиф бўлганида бир сония ҳам иккиланмадим"  1 11:25Сон Хён Мин "Реал" билан ўйинда хет-трик қайд этди  9 10:45Ўзбекистон U-16 терма жамоаси бугун Черногория билан ўйнайди   5 10:05Мареска "Бавария" билан ўйиндаги ҳакамликни танқид қилди  10 09:40Рустам Турдимуродов: "Сурхон" ҳеч қайси жамоадан кам эмаслигини исботлаймиз"   2 09:20Here we go! Жозе Моуринью "Бенфика" таклифини қабул қилди  7 08:50Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳамма ўз хатосини билади"   0 08:20Суперлига. "Пахтакор" сўнгги бор Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  4 07:55Факт. "Машъал" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин  1 07:25Суперлига. Бугун 22-турга старт берилади   0 07:00"Бургутлар" ОЧЛ-2да юришини бошлади. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувидан галерея   1 02:44ОЧЛ 2. Роналдусиз "Ал Насср" Тожикистоннинг "Истиқлол" клубига жавобсиз бешта гол урди  7 02:38Туркия. Шомуродов ассист берган ўйинда "Истанбул Башакшеҳир" "Фотиҳ Карагюмрук"ни мағлубиятга учратди  5

O'zPFL Jasur Jaloliddinov transferi bo'yicha ish ochishni so'rab O'FAga murojaat qildi Yangiliklar

O'zPFL Jasur Jaloliddinov transferi bo'yicha ish ochishni so'rab O'FAga murojaat qildi

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida bu haqda malum qildi.

SHubhalantirgan masalalar:

TMSga Jaloliddinov ishi bo'yicha kelishuv bitimi emas, futbolchi va “Bunyodkor” o'rtasida shartnomani bekor qilish bo'yicha bitim joylashtirilgan. Yani, futbolchi bilan shartnoma avval bekor qilinib, u erkin agentga aylantirilgan. Nega?

Jaloliddinov bilan shartnoma bekor qilingan bo'lsa, bitim birinchi navbatda O'zPFLga taqdim etilishi kerak bo'lgan. Ammo O'zPFL bundan bexabar, “Lokomotiv” esa hujjatni allaqachon qo'lga kiritgan. Nega?

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jaloliddinov transferi borasida axborot berishni so'rab, ikki marta “Bunyodkor”ga murojaat qilgan, ammo ish pishmaguniga qadar “Bunyodkor” javob xatini paysalga solgan. Nega?

Jaloliddinovga Turkiyadan 400 ming evrolik taklif turganda, nega u erkin agentga aylantirilib, keyin “Lokomotiv”ga yo'naltirilgan?

“Lokomotiv”ning TMS so'roviga ikki hafta ichida javob qaytarilmasa, FIFA o'z-o'zidan futbolchi manfaati uchun qaror chiqarib beradi. Doston Hamdamov ishida ham shunday bo'lgan. Ko'rinishidan, ishni ikki hafta cho'zib turish kimgadir kerak bo'lgan. Ammo klubda rahbariyat almashishi, katta ehtimol bilan o'sha rejalarni buzgan.

Bu boradagi savollar o'rinsiz bo'lib, balki hammasi reglament asosida amalga oshirilgan, shubhaga o'rin yo'qdir... Biroq endi buni isbotlab berish kerak bo'ladi. TMS so'roviga javob qaytarish uchun esa O'FAda 10 kundan ortiq vaqt bor. De fakto Jaloliddinov “Lokomotiv” libosini kiyib ulgurgan bo'lsa-da, de yure O'zPFL uchun futbolchi hali-hamon “Bunyodkor” vakili hisoblanadi. Bunda albatta futbolchi va klub 2021 yilning apreliga qadar davom etishi kerak bo'lgan shartnomani bekor qilib ulgurganini ham unutmaslik kerak. Bu birlamchi hujjat hisoblanadi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика