So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  2 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  15 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

O'zPFL “Buxoro” futbol klubi rahbariyatining almashinuvi bo'yicha surishtiruv boshladi Yangiliklar

O'zPFL “Buxoro” futbol klubi rahbariyatining almashinuvi bo'yicha surishtiruv boshladi

Teglar :  BuxoroO'zPFL
Malum bo'lishicha, 5 iyun kuni Coca Cola Superliga ishtirokchisi bo'lgan “Buxoro” futbol klubida navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazilgan hamda amaldagi direktor Jamshid Botirov ishdan olingan.

Buxoro shahar hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasidan vakil ishtirok etgan yig'ilishda Alisher Rustamov “Buxoro” futbol klubining yangi direktori sifatida tanishtirilgan. Hisob bo'yicha bu Alisher Rustamovning uchinchi bor klubga direktor bo'lib kelishidir.

Musobaqalarni o'tkazish reglamentining 6.15 bandiga ko'ra, biror klub rahbariyatida o'zgarish yuz bersa, bu haqda O'zPFL uch kun ichida yozma ravishda xabardor qilinishi lozim. Karantin davridan keyin qaytayotgan futbol mavsumi arafasida O'zPFL vaziyatdan kelib chiqib bir qator masalalarni qayta ko'rib chiqishga, ayrimlarini o'zgartirishga majbur. Mana shunday vaqtda “Buxoro” futbol klubi rahbariyatidagi noaniqliklar O'zPFL ishini qiyinlashtiradi. Sababi, tashkilot na rasman ogohlantirildi va na yangi direktor tayinlovi rasman protokollashtirildi. O'zPFL uch kundan buyon yig'ilish protokolini qo'lga kirita olmadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-son Farmoniga muvofiq 13 ta professional futbol klublarning ustav fondidagi xo'jalik jamiyatlari va hokimiyatlarning ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o'tkazilgandan so'ng Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o'tkazish bo'yicha davlat komissiyasining qaroriga asosan sotilishi belgilangan. Mazkur vazifa ijrosini taminlash maqsadida O'zPFL hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamkorlikda ushbu 13 ta futbol klubi faoliyatini atroflicha o'rganib chiqilyapti. Ular orasida “Buxoro” futbol klubi ham bor bo'lib, ayni vaqtda uning aktivlari agentlikka o'tkazilayotgani sir emas. Ayni vaqtda “Buxoro” futbol klubining Buxoro shahar hokimligiga tegishli bo'lgan 20 foizlik ulushni, Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tegishli bo'lgan 80 foizlik ulushni agentlikka o'tkazish ishlari olib borilyapti.

“Buxoro PFK” MCHJ Ustavining 15.2-bandiga muvofiq futbol klubi direktori Tasischilarning Umumiy yig'ilishi tomonidan tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi belgilangan.

Mana endi savol tug'iladi. “Buxoro” futbol klubining yangi direktori qaysi asosga ko'ra lavozimiga tayinlandi? Lavozimga tayinlash jarayonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xabardor etildimi yoki ishtiroki taminlandimi?

Direktorni tayinlashni rasmiylashtirish bilan bog'liq tegishli xujjatlar O'zPFLga o'z vaqtida taqdim etilmagani “Buxoro” futbol klubining yangi direktori qaysi asosga ko'ra lavozimga tayinlanganini aniqlashtirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика