So’nggi yangiliklar

01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  1 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   9 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  5 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

O'zgacha superkubok Yangiliklar

O'zgacha superkubok

Bugun Germaniya superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi.

Unda xorvatiyalik mutaxassis Niko Kovachning sobiq va hozirgi jamoalari kuch sinashadi. Yangi murabbiy qo'l ostidagi "Bavariya"ning yangi mavsum oldidan ilk jiddiy imtihoni Frankfurtda kechadi.

"Bavariya"ning bugungi raqibi "Ayntraxt" qisqa fursatda autsayder maqomidan Germaniyaning kuchli jamoalari qatoriga qo'shilishga muvaffaq bo'ldi. Bunda albatta Niko Kovachning xizmatlari beqiyos. "Ayntraxt"ni 2 yil ichida Evropa ligasi va Germaniya kubogi sohibiga aylantira olgani uchun ham Niko Kovach "Bavariya"dan chaqiruv olishga erishdi. Bugungi bahs Kovach uchun o'zgacha ahamiyatga ega. Aynan o'zi qurgan "Ayntraxt"ga qarshi yangi jamoasi bilan qarshilik qiladi.

Kovach qo'l ostidagi "Bavariya" qanday bo'ladi? Niko Myunxenda nimalarni o'zgartiradi va jamoa qanday uslubda o'ynaydi, degan savollarga bugungi bahs qisman bo'lsada javob beradi. Kovachsiz qolgan "Ayntraxt" qanday ko'rinishda qoldi, yangi kelgan avstriyalik Adi Xyutter Kovach ko'targan "planka"ni tushirib yuboradimi yoki jamoa yanada shakllanishda davom etadimi, degan savol ham Germaniyada kun tartibidan o'rin olgan. Aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda aytish mumkinki, Frankfurtda o'tadigan mazkur o'yin katta qiziqishni uyg'otmoqda. Germaniya kubogi finalida to'qnash kelgan raqiblarning yangi murabbiy qo'l ostidagi ilk o'yinlari.

Qo'shimcha rag'bat
Superkubok uchrashuvining qulay tarafi shundaki, bunda murabbiylar nafaqat yangi mavsum oldidan rasmiy imtihon orqali jamoani ko'rib olishadi, balki birgina o'yin orqali klub muzeyi va shaxsiy javonga sovrin qo'shib qo'yish imkoniyati ham mavjud. Bu esa motivaciyani oshirishi turgan gap.


Tarkib
Kovach qo'l ostida ayni paytda 19 futbolchi mavjud va ularni barchasi o'ynashga shay holatda. Faqatgina jahon chempioni Korenten Tolisso jamoaga kech qo'shilgani uchun superkubok uchrashuvini o'tkazib yuborishi aniq. Xames Rodriges esa havaskorlarga qarshi nazorat bahsida biroz jarohat olgani tufayli ayni paytda 100% tayyor emas. Qolgan futbolchilar Kovach ixtiyorida. Niko Kovach bugungi bahsda kichik rotaciya qilishi kutilmoqda. CHunki murabbiy yangi mavsum oldidan hali asosiy tarkib borasida aniq to'xtamga kelgani yo'q. Jahon chempionati bois ko'plab futbolchilar jamoaga kech qo'shilishdi va yangi murabbiy uchun bu borada biroz vaqt kerak bo'ladi. Har bir poziciya bo'yicha deyarli ikkitadan nomzodga ega murabbiy uchun bugungi o'yinda kimlarni tushirish biroz yoqimli bosh og'rig'ini taqdim etishi mumkin.

"Ayntraxt"da nafaqat murabbiy almashdi, balki "Bavariya"dan farqli ularoq Frankfurtda klubida futbolchilar ham yangilandi. Jamoani Kovach bilan birgalikda bir qator etakchi futbolchilar (Lukash Gradecki, Kevin-Prins Boateng, Omar Maskarel, Marius Volf) tark etishgan bo'lsa, Adi Xyutter bilan bir vaqtda "Ayntraxt"ga 12 nafar yangi futbolchilar kelishdi. SHu boisdan ham Xyutterda ham tarkibni aniqlash va jamoa o'yinini yo'lga qo'yib olish uchun malum vaqt kerak bo'ladi. Muhim tarafi shuki, jamoani yuragiga aylanib qolgan JCH-2018 finalchisi Ante Rebich ko'plab takliflarga qaramay jamoada qoldi. Bu esa frankurtliklarni xursand etmasdan qolmaydi. Ammo Rebich superkubok bahsini boshlang'ich tarkibda boshlani so'roq ostida. Sababi, Rebich tatildan ancha kech qaytgani tufayli Xyutter uni zaxiradan o'yinga qo'shish ehtimoli yuqori.

Uyga qaytish
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach va uning murabbiylar shtabidagi yordamchisi (akasi) Robert Kovach bugun "uy"ga qaytishadi. Germaniya kubogi finalidan 85 kun o'tdi. Bu safar aka-uka Kovach "Kommercbank-Arena"ga mehmon sifatida tashrif buyurishadi. Kovach "Ayntraxt" bosh murabbiy sifatidagi o'zining oxirgi uchrashuvini bo'lajak jamoasi "Bavariya"ga qarshi o'tkazdi va finalda g'alaba qozondi. Endi Kovach yangi jamoasidagi ilk o'yinini sobiq klubiga qarshi o'tkazadi. Agarda bunda ham Kovach g'alaba qozonsa, unda murabbiy o'zgacha natija qayd etgan bo'ladi. Yani, Kovachda sobiq hamda yangi jamoasi bilan oxirgi va ilk uchrashuvdayoq sovrin yutgan mutaxassisga aylanish imkoniyati mavjud.


"Bavariya" uchun ketma-ket ettinchi va 30 yillik tanaffusdan keyin ikkinchisi
"Bavariya" ketma-ket 7-yil Germaniya Superkubogida o'ynamoqda. Umumiy hisobda esa bu galgi superkubok myunxenliklar uchun 12 bahs bo'ladi. "Ayntraxt" uchun esa bu ikkinchi Superkubok sanaladi. Frankfurtliklar bungacha 1988 yili "Verder" bilan ushbu sovrin uchun kurashishgan va imkoniyatni boy berishgandi.


Germaniya superkubogi.

"Ayntraxt" - "Bavariya" (23:30) "Futbol2", "Match TV"

"Kommercbank-Arena" stadioni.

Bosh hakam
: Marko Fric

"Ayntraxt": Vidvald — Abraxam, Villems, Salsedo, da Koshta — Gachinovich, Xasebe, Fernandes, Fabian, Torro — Alle

"Bavariya"
: Noyer — Kimmix, Zyule, Xummels, Alaba — Martines, Alkantara — Robben, Myuller, Riberi — Levandovski

So'roq ostida: Rennov — Xames Rodriges

O'ynamaydi: Tolisso

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика