So’nggi yangiliklar

11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  5 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  6 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  5 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  11 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  22 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  6 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  1 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  3 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  5

O'zbekka hujumkor futbol yarashadi Yangiliklar

O'zbekka hujumkor futbol yarashadi

Ektor Kuper boshchiligidagi har ikkala o'yinni ko'rib hafsalam pir bo'ldi.

O'rtoqlik o'yinlarida natija haqida gapirmay turamiz. CHunki o'rtoqlik uchrashuvlari asosan murabbiylar jamoadagi kamchiliklarni ko'rib olishlari uchun tashkil etiladi. Ektor Kuper birinchi o'yindagi xatolarni ko'rdi. Murabbiy ikkinchi raqamda o'ynashga o'rganib qolgan Suriyaga qarshi himoyaviy o'yinni tanladi. Futbolchilarda hujumga o'tish xohishi bor edi, ularning ko'zi yonib turgandi, lekin murabbiy unamadi, orqada turaveringlar degandek har zamonda qo'lini siltab qo'ydi. 

Qiziq, nega endi o'z maydonimizda Suriyaga qarshi himoyaviy futbolni tanlashimiz kerak? Agar raqib Yaponiya bo'lganida ham mayli edi. Janob Kuper, O'zbekistonda futbol to'p bilan o'ynaladi, bolalar futbolida ham murabbiylar bolani to'p bilan o'ynashga o'rgatishadi, biz to'psiz o'ynay olmaymiz. Biz jizzakimiz, qiziqqonmiz, sal narsaga qizishib ketamiz, chunki biz futbolni to'psiz o'ynay olmaymiz. Hujum qilish bizning qonimizda bor.  

Janob Kuper, bizda Serbiya yoki kechagi Eronga o'xshab bo'ydor, baquvvat himoyachilar yo'q. Biz metin himoyalana olmaymiz. Ko'pi bilan 20 daqiqa siz xohlayotgan futbolni o'ynab berishimiz mumkin, lekin 21-daqiqaga kelib baribir gol o'tkazamiz. Siz bizdan himoyaviy va to'psiz futbolni talab qilyapsiz, lekin shunga yarasha jamoa jismonan baquvvatmi? Metin irodaga egami? Siz boshqargan Misr terma jamoasida oldinda Salah o'ynardi. Uning bir o'zi JCH saralash bosqichida 5ta gol urdi. 

Xo'p, biz Siz xohlagandek himoyaviy o'yin qilaylik, lekin golni kim uradi? Qachon penalti bo'larkin deb vaqt sanaymizmi? Yoki Salahga o'xshagan kimnidir ko'ryapsizmi? Janob Kuper, bizga doim shunday o'rgatib kelishgan: futbol to'p bilan o'ynaladi, o'zbekka hujumkor futbol yarashadi. O'zbek futbolini chuqurroq bilmoqchi bo'lsangiz, avvalgi Osiyo Kuboklaridagi o'yinlarimizni ko'ring. 

Hatto o'z vaqtida Yurgen Gede ham to'p bilan bolalarni o'ynatgan. Osiyo Kubogi-2004da aqlli futbol namoyish etgandik. Osiyo Kubogi-2007ni olaylik. Saudiya Arabistoni bilan qanday "jang" qilganimizni ko'ring. Inileev qo'rqmay hujumkor futbolni tanlagandi. Yutqazganmiz, lekin kechagidek boshni egib chiqib ketmaganmiz. 

Osiyo Kubogi-2011da Avstraliyaga 0:6 hisobida mag'lub bo'lganmiz. Lekin xalq haligacha Abramovni yaxshi ko'radi. Nima uchun? CHunki Abramov hujumkor futbol qanaqa bo'lishini ko'rsatib bergandi. Biz o'shanda hech kimdan qo'rqmay o'ynaganmiz. Kerak bo'lsa Avstraliyadan ham. Hatto 3-o'rin uchun kechgan bahsda Koreya darvozasiga 2ta gol urganmiz. Hozir bitta to'p kirita olamizmi? Aynan shu Osiyo Kubogidan keyin qancha futbolchi xorij klublariga yo'l oldi. 

Meni bir narsa o'ylantirib qo'ydi: Siz shunday o'ynashda davom etaversangiz, bizdan qaysi futbolchi chetga ketadi? Bolalarni himoyaviy va bo'g'iq futbolga o'rgataman deb ertaga Osiyo Kubogida Ummon bizni yutib qo'ysa nima bo'ladi? Turkmaniston tengma-teng kurashsa-chi? Yaponiyaga-ku tayyor "go'sht" bo'lamiz. Yaponlar qarasa raqib hujumga o'tmayapti. Ular bunaqada ezib tashlamaydimi. 

Kecha Eronga qarshi o'yingizni ko'rib menga futbolchilar sizdan xafadek ko'rindi. Ularga sizning uslubingiz yoqyapti deya olmayman, lekin yoqmadi deb aytishim ham mushkul, chunki futbolchi baribir murabbiy aytganini qiladi. Ular kecha tarixda birinchi marta Toshkentda Eronni yutishga harakat qilishdi. Birinchi taymda yaxshi o'ynab turgandik, lekin Siz ayrim o'yinchilarni almashtirish orqali ikkinchi bo'limda o'yinni bo'g'ib qo'ydingiz. 

Ana undan keyin Eron yanayam engil nafas oldi. Eronga aslida shu kerak edi. Eron gol urib olganidan keyin qarshisida O'zbekiston milliy terma jamoasini emas, shunchaki futbolchilar yig'indisini ko'rdi. Ular bemalol o'ynashdi. Ruschasiga aytganda to'pni "katat" qilib vaqtni o'tkazishdi. Eron agar xohlasa shunday o'yinini 120 daqiqa qilib berardi. 

Lekin gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng Sizda reja yo'qligi ko'rinib qoldi. Siz hech qanday o'zgarishni amalga oshirmadingiz. Nima uchun oxirgi 15 daqiqada Sergeevga yordam beradigan ikkinchi sof hujumchini tushirmaganingizni haligacha tushunmayapman. Yuqoridan yaqqol ko'rindi: futbolchilarimiz hujumga o'tganda nima qilish kerakligini bilishmayapti. CHunki Siz bolalarga hujum qilishni o'rgatmagansiz. 

Hech etibor berdingizmi, oxirgi 10 daqiqada biz umuman futbol o'ynamadik. Futbol qanday o'ynalishini go'yoki unutib qo'ygandik. Janob Kuper, endi terma jamoa shu bilan oktyabrda yig'iladi. Albatta, ungacha Sizda bo'lib o'tgan ikkita o'yinni keng tahlil qilish uchun vaqt bo'ladi. Siz shuningdek, Superliga va O'zbekiston Kubogi bahslarini ham kuzatasiz. Keling, ko'ring, murabbiylar bilan fikr almashing. O'zbekka qanaqa futbol yoqishini so'rang. O'ylaymanki, yaqin bir oy ichida Siz ham o'zgarasiz va tanlayotgan futbolingiz bizga foyda bermasligini tushunib etasiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика