So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

O'zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi iyun oyida 2 ta xalqaro musobaqada qatnashadi Yangiliklar

O'zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi iyun oyida 2 ta xalqaro musobaqada qatnashadi

Hindiston terma jamoasi iyun oyida ikkita xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Igor SHtimac boshchiligidagi hindlar 9-18 iyun kunlari 4 ta terma jamoa ishtirok etadigan "Intercontinental Cup" musobaqasida qatnashishadi. Hindiston, Livan, Vanuatu va Mo'g'uliston kabi jamoalar qatnashadigan ushbu turnirga Hindistonning Bubanesvar shahri mezbonlik qiladi.

Har bir jamoa uchtadan o'yin o'tkazadi va guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar finalda to'qnash kelishadi.

Mezbonlarning taqvimi
9 iyun: Hindiston - Mo'g'uliston
12 iyun: Hindiston - Vanuatu
15 iyun: Hindiston - Livan




21 iyundan Hindistonning Bengaluru shahrida "SAFF Championship" (Janubiy Osiyo futbol Federaciyasi) musobaqasi start oladi. Unda jami 8ta davlat terma jamoasi ishtirok etadi.

Hindiston "A" guruhida Kuvayt, Nepal va Pokiston bilan kuch sinashadi. Ikkinchi guruhdan Livan, Maldiv orollari, Butan va Bangladesh joy olgan.

Mezbonlarning taqvimi:
21 iyun - Hindiston - Pokiston
24 iyun - Hindiston - Nepal
27 iyun - Hindiston - Kuvayt

Har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan jamoalar yarim finalga chiqadi. Yarim final 1 iyul, final esa 4 iyul kuniga belgilangan.

Malumot uchun, "SAFF Championship" musobaqasi bunga qadar 13 marta o'tkazilgan va 8 marta Hindiston chempionlikka erishgan. 2 marta Maldiv orollari, 1 martadan Bangladesh, Afg'oniston va SHri Lanka g'olib bo'lgan. Lekin oldingi musobaqalarda Kuvayt va Livan terma jamoalari ishtirok etishmaganini ham takidlash lozim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика