O'zbekistonlik tajribali hakam faoliyatini yakunladi
09 dek 2025 07:52
Yangiliklar
O'zbekistonlik tajribali hakam faoliyatini yakunladi
Taniqli hakam Artyom Kalilin hakamlik faoliyatini yakunladi.
Bu haqida O'zFHM matbuot xizmati malum qildi.
"O'zbekistondagi hakamlik tizimida uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan Artyom Kalilin o'z faoliyatini yakunladi. U yordamchi hakam sifatida ko'plab muhim uchrashuvlarda ishonchli va professional tarzda ishlagan.
Faoliyatining keyingi bosqichida Artyom Kalilin tajribali instruktor sifatida yosh hakamlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish yo'nalishlarda samarali mehnat olib boradi degan umiddamiz.
Artyom Kalilinga amalga oshirgan mehnati uchun minnatdorlik bildiramiz. Uning futbolimiz rivojiga qo'shgan hissasi doimo qadrlanadi. Kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz", - deyilgan xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar