So’nggi yangiliklar

01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  0 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  1 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  1 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  7 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  4 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  2 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1

Ilhom Mo'minjonov: "PRO-Liga yangi mavsumi juda qiziqarli o'tishiga ishonchim komil" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "PRO-Liga yangi mavsumi juda qiziqarli o'tishiga ishonchim komil"

PRO-Liga yangi mavsumiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Uning natijalariga ko'ra, birinchi turda “Metallurg” safarda “Yaypan” bilan bellashadi. Bekobodliklar ustozi Ilhom Mo'minjonov qura borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Qura haqida gapiradigan bo'lsak, har bir raqib bilan baribir o'yin o'tkazamiz. Bizga kimga qarshi maydonga tushishning unchalik farqi yo'q. Har bir jamoa barcha raqiblar bilan ertami-kechmi ro'baro' keladi. 

Yangi mavsumga har bir klub jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'rmoqda. Tajribali murabbiylar ishlashmoqda va deyarli har bir klubda tajribali futbolchilar etarlicha topiladi. Bu yil PRO-Liga juda qiziqarli o'tishiga ishonchim komil. Oson o'yinning o'zi yo'q. 

Birinchi turda safarda "Yaypan"ga qarshi o'ynaydigan bo'ldik. Bu o'z tarixiga ega bo'lgan klub. O'z vaqtida jiddiy maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan, Superliga bahslarida qatnashgan jamoa. Hozirgi kunda tajribali murabbiy Rashid G'ofurov faoliyat olib bormoqda. Uni salohiyatli, yuqori darajadagi murabbiy deb hisoblayman. Raqibni hurmat qilgan holda tayyorgarlik ko'ramiz. 

Bizning maqsadimiz aniq  — Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish. Har bir bahsda g'alaba uchun harakat qilamiz. Shuning uchun, barcha bosh maqsad yo'lida astoydil mehnat qilmoqda”, — dedi murabbiy.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика