O'zbekistonlik hakamlar OFK rekrutingida
12 jan 2024 17:07
Yangiliklar
O'zbekistonlik hakamlar OFK rekrutingida
"FIFA hakamlarimiz 2024 yilning 19-21 fevral kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK tomonidan tashkillashtiriladigan Hakamlar rekrutingi jarayonida ishtirok etishadi.
OFK Hakamlar rekrutingi nima?
Mintaqadagi mamlakatlar belgilangan kvotaga muvofiq hakamlar ro'yxatini taqdim etishadi. OFK ushbu hakamlarni o'yin qoidalari, jismoniy tayyorgarlik hamda ingliz tili bo'yicha bilim darajalarini sinovdan o'tkazadi. Sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan hakamlar OFK Elita hakamlari ro'yxatiga kiritiladi. OFK Elita hakamlari butun mavsum davomida qita miqyosida o'tkaziladigan xalqaro nufuzli musobaqalarda ishlaydigan hakamlar guruhi hisoblanadi.
Rekruting jarayonlarida mamlakatimizdan bu yil Akobirxo'ja SHukurullaev, Firdavs Norsafarov (erkaklar futboli), Adham Rixsiboev va Husniddin Bahodirov (futzal) ishtirok etadigan bo'ldi", — deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar