So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  4 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

O'zbekistonlik 30 hakam FIFA ro'yxatidan joy oldi Yangiliklar

O'zbekistonlik 30 hakam FIFA ro'yxatidan joy oldi

Teglar :  hakamlar FIFA
FIFA tomonidan 2023-yil uchun xalqaro maydonlarda ishlaydigan hakamlar, yordamchi hakamlar, VAR hakamlari, futzal va sohil futboli hakamlari ro'yxati elon qilindi.

Unga ko'ra, mamlakatimizdan umumiy 30 nafar hakam ushbu ro'yxatdan o'rin olishgan. Bu haqda O'zbekiston futbol hakamlari rasmiy kanali malum qildi.

Etiborli tomoni, 2023 yilda FIFA hakamlarimiz qatorida yangi nomlarni uchratish mumkin. So'nggi mavsumlarni muvaffaqiyatli o'tkazib kelayotgan Rahimbek Karimov, shuningdek, yordamchi hakamlardan Avazbek Abdullaev va Zufar Eliboev, futzal bo'yicha Oybek Kallaxo'jaev, sohil futbolida Nayim Qosimov kabi nomlarga ko'zingiz tushadi. Bundan tashqari, Rahimbek Karimov va Abdurashid Xudoyberganov VAR hakamlari sifatida ro'yxatdan o'rin olishgan.

O'zbekiston futbolida ayol hakamlarga qaratilayotgan etibor o'z samarasini bermoqda. Joriy yildan boshlab Roziyabonu Yusupova xalqaro maydonlarda ayollar futboli bosh hakami sifatida ishlashi mumkin bo'ladi. SHuningdek, Aleksandra Konchikova FIFA ayollar futzal hakami sifatida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'ldi.



FIFA hakamlarimizning umumiy ro'yxati:

Bosh hakamlar

Rahimbek Karimov, Rustam Lutfullin, Edita Mirabidova, Asker Najafaliev, Firdavs Norsafarov, Ahrol Risqullaev, Akobir SHukrullaev, Ilgiz Tantashev, Roziyabonu Yusupova.


Yordamchi hakamlar

Avazbek Abdullaev, Zufar Eliboev, Timur Gaynullin, Zilola Rahmatova, Ruslan Serazitdinov, Kristina Sereda, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sanjar SHayusupov, Aleksandr Sidorov, Andrey Capenko, Alisher Usmanov.


VAR hakamlari

Aziz Asimov, Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov, Abdurashid Xudoyberganov.


Futzal hakamlari

Nikita Afinogenov, Askarbay Arzibekov, Oybek Kalaxojaev, Aleksandra Konchikova, Anatoliy Rubakov.


Sohil futboli hakami

Nayim Qosimov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика