So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  3 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  118 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

O'zbekistonga qay tariqa kelgani, imkoni bo'lsa yana “Turon”da qolishi va Superliga saviyasi borasida Dayan Ponevich bilan suhbat Yangiliklar

O'zbekistonga qay tariqa kelgani, imkoni bo'lsa yana “Turon”da qolishi va Superliga saviyasi borasida Dayan Ponevich bilan suhbat

Muxlislarga yaxshi malumki, har yili O'zbekiston chempionatida ko'plab xorijlik futbolchilar o'ynab kelmoqda.

Joriy mavsum ham legionerlarga etibor qaratadigan bo'lsak, serbiyaliklar ko'pchilikni tashkil etmoqda. Bolqon davlatidan tashrif buyurgan legionerlarning har biri turlicha taassurot qoldirmoqda. Xususan, bu yil “Turon” safiga kelib qo'shilgan Dayan Ponevich O'zbekistonda debyut mavsumini o'tkazayotgan bo'lishiga qaramay, ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldirmoqda. Garchi uning jamoasi Superligada ilk mavsumida autsayder sifatida yurgan bo'lsada, Dayan mudofaa chizig'ida o'z ishini qoyillatib bajarmoqda. SHuning chap qanot himoyachisi tez-tez hujumga o'tishni ham xush ko'radiganlardan sanaladi. 31 yoshli futbolchi bilan suhbatlashish maqsadida taklif kiritganimizda, savollarimiz javob berishdan o'zini olib qochmadi. 

- Dayan, suxbatimizni eng avvalo O'zbekistonga qay tarzda kelib qolishingizdan boshlasak. 

- Dastlab O'zbekistonda bu yil birinchi mavsumimni o'tkazayotganimdan  xursan ekanligimni aytib o'tsam. Yurtingizga kelishim to'satdan yuz berdi. Agentim menga qo'ng'iroq qilib, O'zbekiston klubidan biri yani “Turon” jamoasidan qiziqish borligini bildirdi. Bir so'z bilan aytganda, yurtingizda o'ynash istagimni so'radi. SHu tariqa muzokaralar boshlandi va meni yangi jamoamdagi sharoitlar qoniqtirgach, kelishuvga erishdik.

- Sir bo'lmasa agentingiz qaerdan?

- Serbiyalik. U ham oldin futbol o'ynagan. 

- “Turon” jamoasi Superligada debyut mavsumini o'tkazmoqda. Bu yil ushbu klubning chempionatdagi natijalari qoniqarli kechmayapti. Bu jihat sizni ham hafa qilayotgan bo'lsa kerak?

- Aytib o'tganingizdek, “Turon” Superligada birinchi mavsumini o'tkazmoqda. CHempionat avvalida yuqori o'rinlar uchun kurashishni o'ylagandik. Afsuski hozirda egallab turgan o'rnimiz barchamizni qattiq ranjitmoqda. Men sizga shuni aytishim mumkinki, “Turon” kelasi mavsum ham Superligada o'ynashga munosib. CHunki klub yaxshi tashkil etilgan. Rahbariyat klubni rivojlantirish maqsadida to'g'ri yo'lni tanlagan. 

- Sizningcha “Turon” jamoasining qiyin vaziyatdan chiqib ketishiga nima to'sqinlik qilyapti?

- O'ylaymanki, biz chempionat startini  yaxshi boshlay olmadik. 

- Jamoada murabbiylar shtabining o'zgarishi oqibatida qanday yangiliklar yuz berdi?

- Yangi murabbiy haqida gapiradigan bo'lsam, Igor SHkvirin o'zbek futbolining afsonasi. Uning “Turon”da ish boshlashi, jamoa obro'sini yanada oshirdi. Albatta bir qancha yangiliklar yuz berdi. Igor Anatolevichning futbol borasida katta tajribasi borligi bilinib turibdi. 

- “Turon” Superliganing kelasi turida asosiy raqobatchisi bo'lib kelayotgan “Surxon” jamoasini qabul qiladi. Bo'lajak bahsga tayyorgarlik qanday? 

- O'z uyimizda o'tadigan uchrashuvda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. CHunki “Turon”ni Superligada olib qolishni istaymiz. Buning uchun chempionatdagi qolgan barcha o'yinlarda astoydil kurashamiz. 

- “Turon” jamoasiga juda tez moslashib ketdingiz. Xatto xar bir o'yinni almashtirishlarsiz o'tkazib kelmyapsiz. Bunga qanday erishmoqdasiz?

- Aytishim kerakki, men jamoam ishtirokidagi barcha o'yinlarni to'liq o'tkazayotganimdan xursandman. Jamoa meni birinchi kundanoq juda yaxshi kutib olgandi. Klub tomonidan yaratib berilgan sharoitlar alo darajada. SHu tufayli ham jamoaga moslashib ketishim oson kechdi. Asosiy etiborimni faqat o'yinga qaratganman. Kelgusida ham o'z o'yinlarim orqali jamoamga foyda keltirib, Superligadagi o'rnini saqlab qolishida yordam bermoqchiman. Men o'z poziciyam bo'yicha eng yaxshmanmi yo'qmi, buni bilmayman. Lekin shunisi aniqki, men uchrashuv chog'ida o'zimni 100 foiz jamoa g'alabasi uchun bag'ishlayman. Bundan keyin ham yaxshiroq natija ko'rsatishga xarakat qilaman.

- O'zbekistonda birinchi mavsumingizni o'tkazyapsiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday? 

- Darhaqiqat yurtingizda birinchi marotaba futbol o'ynayapman. Superliga qiziqarli o'tmoqda. Har bir o'yinda jiddiy kurash kechadi. SHu bois ham bu erda istalgan raqibni mag'lub etish mumkin. 

- Agarda sizga “Turon”da keyingi mavsum ham qolib, faoliyatingizni davom ettirish bo'yicha taklif bo'lsa, qanday yo'l tutasiz?

- Eng avvalo shuni aytib o'tishni istardimki, “Turon” - Superligaga qisqa vaqt ichida chiqqan eng yosh jamoa. SHuning uchun o'ylaymanki, bu klub yildan-yilga har jabhada o'sib bormoqda. Mabodo klub hamkorlikni davom ettirishni taklif qilsa, qolishga va yangi shartnoma haqida gaplishishga tayyorman. Agar shartnoma bandlari har ikki tarafni ham qoniqtirsa, nega qolmasligim mumkin? Masalan menga Superligada o'ynash yoqadi. Bu erda yaxshi tekis maydonlar bor. Futbolchilarning ham saviyasi yaxshi. O'zimda yo'q narsalarni kashf etib borish uchun qulay. Lekin men muzokara jarayonini agentimga qoldiraman. O'zim esa etiborimni o'yinlarga qarataman. 

- Jamoa sizga yashash uchun alohida uy berganmi yoki mehmonxonada yashayapsizmi?

- Rahbariyat tomonidan uy ajratilgan. Oilamni ham O'zbekistonga olib kelganman. Bu borada hech qanday muammo yo'q. 

- “Turon” kichik bir shaharchani jamoasi hisoblanadi. Qo'qonda yashash sizin zeriktirib qo'ymayaptimi?

- Zerikishga vaqt yo'q. Qo'qonda serbiyalik do'stlarim bor. Babich, Yosovich, Lukich singari o'rtoqlarim bilan bo'sh vaqtlarimizda ko'rishib, gaplashib o'tiramiz. 

- Jamoadagi eng yaqin odamingiz kim?

- Klubda barcha bilan yaxshi muloqotda bo'lib kelyapman. Lekin Sinisha Babich bilan ko'proq gaplashamiz. CHunki u ham Serbiyadan kelgan. Undan tashqari yana ko'pincha Vladislav Kasminin va yosh darvozabon  Amal SHavketov bilan ham munosabatlarimiz yaxshi. CHunki ular menga rus tili bo'yicha katta yordam bermoqda. 

- CHempiona oxirlab borgani sari aksariyat jamoalar ochkolarini sanash bilan band. Qisqasi matematika. Bunga nima deysiz?

- Bilasizmi men har doim o'yindan o'yingacha qarayman. CHunki biz uchun “Surxon”ga qarshi o'tkazadigan bahsimiz muhim. Agar biz hozir siz aytgandek hisoblashga urinsak, bo'lajak 4-5ta o'yinimizda yaxshi natijaga erishishimiz mumkin. Kerakli ochkolarni jamg'ara olsak, o'z o'rnimizni saqlay olamiz. SHuning uchun nazarimda, bizning vaziyatimiz boshqa raobatchilarnikiga nisbatan yaxshiroq. Ligadagi keyingi taqdirimizni raqobatchilarimiz bilan bo'ladigan janglarda hal qilamiz deb o'ylayman. 

- FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan chempionatdagi kichik tanaffus jamoangiz uchun foydalimi yoki aksincha?

- Oldimizda jiddiy o'yinlar kutib turibdi. Uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko'rish uchun etarlicha vaqt berildi deb hisoblayman. SHuning uchun FIFA kunlari biz uchun yaxshi bo'ldi, degan umiddaman. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика