O'zbekistondagi eng mashhur jurnalistlar o'rtasida “SPORTS.uz Cup” turniri bo'lib o'tadi
15 noy 2022 23:18
Yangiliklar
O'zbekistondagi eng mashhur jurnalistlar o'rtasida “SPORTS.uz Cup” turniri bo'lib o'tadi
SPORTS.uz sayti tomonidan 17-18 noyabr kunlari sportga ixtisoslashgan OAV vakillari o'rtasida futzal bo'yicha “SPORTS.uz Cup” musobaqasi o'tkaziladi.
Unda O'zbekistondagi eng etakchi saytlardan Championat.asia, Tribuna.uz, SPORTS.uz, Xabardor.uz, Olamsport.com, reytingi baland telekanallardan Sport TV, MY5, Sevimli TV jamoalari qatnashadi.
O'yinlar “Bunyodkor” futbol klubi sport zalida bo'lib o'tadi. Uchrashuvlar SPORTS.uz saytining You Tube platformasida JONLI EFIRda namoyish etiladi. Yurtimizdagi eng taniqli jurnalistlar ishtirokidagi futbol musobaqasini o'tkazib yubormang!!!
Ertaga musobaqa oldidan “Bunyodkor” stadionida qura tashlanadi. Marosim 10:00da boshlanadi. Qura jarayonida jamoalardan bittadan vakil qatnashadi. Qura tashlash marosimi ham JONLI EFIRda olib beriladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar