So’nggi yangiliklar

15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  0 15:10"Пахтакор" — "Динамо" 2:2 (Матнли трансляция)  16 14:37"Ювентус" — "Кальяри". Влахович асосий таркибда  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  2 13:40Фарҳод Соҳибжонов: "Бу биз учун сўнгги финал эмас. Юрагим бироз оғриб қолди"  1 13:37Алонсо Бундеслигадаги 68% ўйинни ютди. Фақатгина Пеп, Флик ва Анчелоттида кўрсаткич ундан яхшироқ  3 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  1 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  9 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  8 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  4

O'zbekistonda sport tashkilotlari endi bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydi Yangiliklar

O'zbekistonda sport tashkilotlari endi bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydi

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi vazirlik darajasiga ko'tarilgach, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov hamda sport sohasiga yangi tayinlangan vazir SHoakram Isroilov ikki tashkilot xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pxyonchxanga borgan, keyinroq esa Janubiy Koreya madaniyat, sport va turizm vaziri bilan o'zaro hamkorlikda ishlash missiyasini hal qilish uchun Seulda bo'lgan MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov Toshkentga qaytishi bilan birinchi galda shu majlisni tashkil qildi. Bundan ko'zlangan maqsad, sport federaciyalari, olimpiya qo'mitasi hamda soha vazirligi o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni yaratish va barchaning bir maqsad yo'lida birlashishini taminlashdan iborat edi. Tokio—2020 Olimpiadasiga jiddiy tayyorgarlik ko'rilayotgani inobatga olinsa, o'zaro hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etadi.


MOQ prezidentligidan tashqari, O'zbekiston futbol associaciyasining birinchi vice-prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Umid Ahmadjonov Janubiy Koreyaga jo'nab ketishi oldidan ikki tashkilot o'zaro hamkorlikda ishlashini taminlagandi. Bunda nafaqat matbuot xizmatlari, balki barcha bo'limlar bir maqsad yo'lida birlashishi talab etildi. Endi esa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham bu ishga bosh-qosh bo'ladi.

Sport vaziriga aylangan SHoakram Isroilov va MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov bunga qadar ham o'zaro hamjihatlikda faoliyat yuritib kelgani sir emas. Bu munosabatlar ikki alohida tashkilotning bir maqsad yo'lida birlashishida ham as qotishi shubhasiz. Bungacha mazkur ikki tashkilotning birinchi vice-prezidentlari bo'lgan Oybek Kasimov hamda Iskandar Jo'raevning o'zaro o'rin almashishi ham shu yo'lda xizmat qiladi. Ular bir-biri bilan uzviy bog'liqlik hosil qilishi ko'zda tutilgan.


Umid Ahmadjonov yig'ilish maqsadini xodimlarga tushuntirar ekan, O'zbekiston Prezidenti SHavkat Mirziyoevning bu boradagi alohida topshirig'iga urg'u qaratdi. SHu kunga qadar sportni rivojlantirish borasida bir qator qaror va farmonlarga imzo chekkan SHavkat Miromonovich, barcha sohalarda bir yoqadan bosh chiqarib, vijdon bilan ishlash kerakligini takidlab keladi. Sportdagi ketma-ket o'zgarishlarda ham mana shu falsafa yotibdi deyish mumkin.

Endilikda futbol associaciyasidan tortib, sport vazirligiga qadar, MOQ tasarrufida bo'lgan barcha federaciyalar ham hamkorlik qiladi. Maqsad mamlakat sportini ko'tarish, soha muammolariga birgalikda echim izlash, undagi illatlarni tozalash va bir joyda depsinib turgan ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yib, rivojlanish yo'liga tushib olish. Bu ishlar Tokio—2020 Olimpiadasi va undan keyingi yirik musobaqalar oldidan muhim qadamlardan biridir.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика