So’nggi yangiliklar

16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  0 16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0

O'zbekistonda o'zbek agentlariga eshik ochish kerak. Bo'lmasa istedodlarimizni boy berishda davom etamiz Yangiliklar

O'zbekistonda o'zbek agentlariga eshik ochish kerak. Bo'lmasa istedodlarimizni boy berishda davom etamiz

Rus agentlari bilan ishlash futbolimizni orqaga tortishi mumkin. 1-2 nafar agent bundan mustasno.

Rus yoki boshqa chet agentlari uchun O'zbekiston manfaati emas, oldi sotdidagi mo'may daromad asosiy "plan"ga chiqadi. Oston O'runov shartnomasini o'z ixtiyori bilan buzadigan bo'lsa 20 mln dollar jarima to'lar ekan.  Uni "Spartak" bemalol ikkinchi jamoasiga o'tkazib yuborishi ham mumkin. Futbolchi bu bandga etibor qilmagan. Aslida Oston hozir ajoyib formada. Ammo agentlar o'z tegishini olib bo'lgan.

Jasur Jaloliddiinovni esa rasvosini chiqarib bo'lishdi. Kamiga uni yana kinnalab, boshqa klubga o'tkazish niyatidalar. Bola bechora bir yilni bekorga sarfladi. O'zbekiston hozir Braziliya emas-ki, bitta istedodni boy bersa kamayib qoladigan. Ayni payt, biz uchun har bir o'yinchi oltinga teng davr.

Vazirlar mahkamasining 311-sonli farmoniga (2020 yil 22 may) ko'ra 1 oy ichida quyidagi vazifa amalga oshirish haqida band ko'rsatilgan:

"Xalqaro Futbol Associaciyalari Federaciyasi (FIFA) talablariga muvofiq salohiyati yuqori futbolchilarni professional darajada tayyorlash, ularning xorijiy davlatlarning nufuzli futbol klublarida professional faoliyat olib borishini taminlash, shuningdek, futbolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Futbol bo'yicha agentlar (vositachilar) faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditaciyadan o'tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish".

O'zbekistonda hozir agentlar ko'payishni boshladi. CHetdan bizni o'yinchilarimizni kelib, o'z murabbiyi yoki mahalliy agentlariga qayrayotgan insonlarni ichki bozorga kiritmasligimiz kerak. Ularning maqsadi daromad olishdan boshqasi emas. O'zbekistonlik agentlar esa, MTJni ham o'ylaydilar. MTJsi kuchli mamlakatning futbolchilariga 6 xonali raqamdan iborat shartnomalar kela boshlaydi.

Undan tashqari, O'zbekistonda, o'zbek agentlari uchun "Agentlar ittifoqini" tuzish darkor. Bu har bir agent yoki kompaniya uchun betaraf inson sifatida boshqariladi va kerak payt qozilik ishlarini amalga oshirib boradi.

CHetdagi agentlarni O'zbekistonga kirib kelishining yana bir salbiy tomoni bor. Bu ichki chempionatga aralashuv. Qo'shni mamlakatlarimizning biriga rossiyalik juda ko'p agentlar yillar davomida kirib keldi. Mahalliy agentlar bozorni boy berdi. Bugun u mamlakatda bitta ham TOP o'yinchi na Rossiya chempionatida, na o'zida bor. Har bir mahalliy klubda ularning 7-8 nafargacha mijozi bor. Natijada murabbiy tanlash huquqi klub rahbarida emas, futbolchilarni boykot qildirish orqali parda ortidagi agentlarda bo'lyapti. Ertaga, deylik, "So'g'diyona"ning 6 nafar o'yinchisi bir chet ellik agent qo'lida bo'ladi. Agent murabbiyga palon o'yinchini olasan deydi, tabiiyki u rozi bo'lmaydi. SHunda agent nima qiladi. O'zining 6 nafar o'yinchisiga ketma-ket o'yinni boy berish yoki o'yinga chiqmaslik, shunga o'xshash sabablarni vaj qilib ko'rsatishga buyruq beradi. bu jahon amaliyotida bor narsa. Hozir O'zbekiston totalizator, 3/3 va hakamlar o'rtasidagi munosabatlar bilan kurashayotgan bir pallada, 3-4 yil o'tib yuqoridagi to'rtinchi muammoimiz paydo bo'ladi. Klub o'z tarbiyalanuvchisiga buyruq bera olmaydi. Mahalliy agent esa MTJdan tashqari, ertaga yana shu klub bilan ishlayman deb munosabatni boshidan sifatli o'rnata boshlaydi.

Bir jamoada 5 nafardan ko'p mijozi bo'lgan agent esa, qiyinchiliksiz stavkalarni qo'ya oladi. Bechora klub va murabbiy nima bo'layotganini bilmay yuraveradi.

Yana bir juda muhim ish. Palon agentlik bilan shartnoma tuzsang klubda yoki terma jamoalarda o'ynataman degan murabbiylarga nisbatan keskin chora ko'rish kerak. Terma jamoalarda o'sha kunda eng kuchli bo'lgan o'yinchi o'ynashi kerak.

Buni bir ogohlik qo'ng'irog'i deb biling.


@Nadirkhuja

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика