So’nggi yangiliklar

19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:35"Сурхон" - "Насаф" 0:2 (Матнли трансляция)  21 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  29 19:30Суперлига. ОКМК - "Хоразм" 1:1 (матнли трансляция)  2 19:10БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" ўз уйида "Ал Айн"ни қабул қилмоқда, Абдуллаев илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  0 18:56А Серия. Бугун "Наполи", "Милан" ва "Рома" иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтади  0 18:38АПЛ. "Ман Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га мағлуб бўлди, Ҳусанов захирада қолдирилди  36 18:20Бундеслига. Бугун "Байер" "Хоффенхайм"ни қабул қилади, "Боруссия Дортмунд" эса "Санкт-Паули" меҳмони бўлади  0 17:06Испания футболи тарихида илк маротаба эркак ўйинчи туғруқ таътили олиши мумкин  1 16:38Эзе "Арсенал" билан шартнома имзолади  0 15:32Суперлига. "Андижон" тарихда илк бор ўз майдонида 6 та гол ўтказди, рекорд эса МҲСКга тегишли  6 15:17Ўзбекистон кубоги. "Динамо" — "Шўртан" ўйини 27 август куни ўтказилади  0 14:50Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши қандай ўйнашни билмайди. Бугун "Ман Сити" "Тоттенхэм"ни меҳмон қилади   2 14:23Ўзбекистон терма жамоасининг "CAFA Nations Cup-2025" учун қайдномаси маълум  28 14:10Тожикистон "CAFA Nations Cup 2025" учун қайдномасини эълон қилди, унда Суперлигада ўйнайдиган футболчилар ҳам бор  2

O'zbekistonda 14-15 yoshli o'smir bolalar o'rtasida futbol musobaqasi bo'lib o'tadi Yangiliklar

O'zbekistonda 14-15 yoshli o'smir bolalar o'rtasida futbol musobaqasi bo'lib o'tadi

Coca-Cola kompaniyasi, O'zbekiston Futbol associaciyasi, Professional ligasi va respublika Mahalla xayriya jamg'armasi hamkorlikda Mahallaga mahalla loyihasini ishga tushirmoqda.

U ko'cha futboli va sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash maqsadida joriy qilinmoqda.

Ko'cha futboli musobaqalarida 14-15 yoshlardagi 4 500 o'smir o'g'il bolalar ishtirok etadi. Toshkentning 11 tumanida 508 jamoa o'rtasidagi saralash bosqichi bo'lib o'tadi. Har bir o'yin 15 daqiqalik ikki taymdan iborat bo'ladi. Ishtirokchilar olimpiya tizimi bo'yicha kuch sinashadi. Yani mag'lub jamoa musobaqani tark etadi. Saralash o'yinlari natijasiga ko'ra, har bir tumandan bittadan - 11 jamoa finalga yo'l oladi. Ular Coca-Cola superkubogi va «Mahallaga mahalla» musobaqasining mutlaq chempioni unvoni uchun kurashadi.

- Bu loyiha – ijtimoiy loyiha bo'lib, havaskor sporti, shu jumladan ko'cha futbolini rivojlantirishda navbatdagi qadam bo'ldi. Ishonamizki, bunday musobaqalarni o'tkazish har bir mahalladagi yoshlar o'rtasida sport va sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishda yordam beradi, - deya izohladi O'zbekiston Professional futbol ligasi matbuot kotibi SHerzod Rajabov.

Superkubok sovrini va «Mahallaga mahalla» musobaqasi chempionligi uchun final o'yini sentyabr oyida bo'lib o'tadi.

- «Mahallaga mahalla» musobaqasi – o'yin bo'lib o'tadigan har bir mahalla uchun unutilmas voqelik. Ishtirokchilar g'alaba qozonishni xohlagani bois, maydonda haqiqiy kurash ketadi. O'ylaymanki, musobaqalarda professional futbolchi bo'lishni orzu qilayotgan haqiqiy iqtidor sohiblarini ham ko'ramiz. Xorijda bunday loyihalar tez-tez tashkil etiladi va bunday musobaqalar ham havaskor va professional futbolni ommalashtirish va rivojlantirish bilan bog'liq. Ishonamanki, ishtirokchilar har bir o'yinni uzoq vaqt eslab yurishadi, chunki bu sportga bo'lgan muhabbat, quvvat va drayv ifodasidir, - deya qayd etdi respublika Mahalla kengashi bo'lim boshlig'i Bahodir Nabixo'jaev.

G'olib jamoalar va musobaqa ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimida o'zbek futboli yulduzlari, O'zbekiston Futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi rahbariyati vakillari, shuningdek, Coca-Cola O'zbekiston vakillari jamoasi ham ishtirok etadi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика