So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  2 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  1 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

U-23 Osiyo chempionati. Birinchi turda Eron bilan durang o'ynadik Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati. Birinchi turda Eron bilan durang o'ynadik

U-23 Osiyo chempionati doirasidagi O'zbekiston U-23 - Eron U-23 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


U-23 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 1-tur
O'zbekiston - Eron 1:1 
9 yanvar 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni. 15:15 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Hamis Al Marri (Qatar)
Qanot hakamlari: Tolib Salim Al Marri va Saud Ahmad Al Maqaleh (ikkisi Qatar)
To'rtinchi hakam: Abdulrahmon Al Jassim (Qatar)
VAR hakami: Abdulla Al Marri (Qatar)
VAR yordamchi hakamlari: Hamis Al Kuvari (Qatar) va Ahmad Faysal Al Ali (Iordaniya)

Gollar: Islom Qobilov 40 penalti, - 1:0. Rizo Dehqoni 57, - 1:1.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 8.Nurillo To'xtasinov (23.Oybek Bozorov, 66), 9.Jasurbek Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov (17.Islom Kenjaboev, 85).
Zaxira: 12.Mashxurjon Muhammadjonov, 21.Nizomitdin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.SHarof Muxitdinov, 13.SHerzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 18.Doston Ibragimov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 16.Azizbek Amonov

Eron: 1.Habib Farabbasi, 4.Mojtaba Najarian, 8.Mehdi Mehdixani, 9.Ollohyor Sayyadmanesh, 10.Rizo SHekari, 15.Rizo Dehqoni, 16.Muhammad Mohebbi (17.Jafar Salmani, 84), 18.Ali SHojayi (11.Mehli Gayedi, 46), 19.Matin Karimzoda, 21.Omid Nurafkan, 23.Orif Og'asi.
Zaxira: 12.Meroj Ismoili, 22.Mahdi Nurullohi, 2.Hussayin Saki, 3.Mehran Derakshanmehr, 5.SHahin Toxirxani, 6.Sina Zamehran, 7.Amir Rustayi, 13.Amirhussayin Hassanzoda, 14.Rizo Jabireh, 20.Muhammad Xodabandelo.

Ogohlantirishlar: Hojiakbar Alijonov 12, Orif Og'asi 18.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Video. O'zbekiston U-23 - Eron U-23. Uchrashuvni ONLAYN tomosha qiling



90+5. O'yin tugadi, afsuski birinchi turda ikki ochko yo'qotdik - 1:1. 

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

85. O'zgarish. O'zbekiston. Sanjar Qodirqulov o'rniga Islom Kenjaboev tushdi

84. O'zgarish. Eron. Muhammad Mohebbi o'rniga Jafar Salmani tushdi

82. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Oybek Bozorovning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi

74. Eronliklar burchak to'pini amalga oshirishdi, Nematov yana xatoga yo'l qo'ydi, shukurki raqib gol ura olmadi

66. O'zgarish. O'zbekiston. Nurillo To'xtasinov o'rniga Oybek Bozorov tushdi

63. Xavfli vaziyat! Eronliklar o'ng tomondan hujumga o'tishdi, jarima maydoniga oshirilgan to'pni Muhammad Mohebbi o'ta noaniq tarzda yo'lladi!

57. GOL! 1:1. Himoyadagi pala-partishliklardan keyin Rizo Dehqoni dehqoncha gol urib ketdi! 

55. Mojtaba Najarian uzoq masofadan xavfli zarba berdi, noaniq!

46. Hozirgina maydonga tushgan Gayedi Abduvohid Nematov bilan to'qnashib ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi. 

Ikkinchi taym boshlanmoqda. 

O'zgarish. Eron. Ali SHojayi o'rniga Mehli Gayedi


45+3. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:0 oldindamiz. 

44. XAVFLI VAZIYAT! Husniddin Aliqulov hozir jamoamizni goldan qutqardi!

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ISLOM QOBILOV! 1:0

39. Penalti! Eronlik himoyachi Mojtaba Najarian Bobir Abdixoliqovni yiqitgani uchun penalti belgilandi

35. Tan olish kerak ortda qolgan vaqt davomida ustunlik Eron tomonida bo'ldi, vakillarimizda birinchi o'yin hayajoni kuchlilik qilayapti shekilli

29. Xavfli vaziyat! Yana Yaxshiboev o'ng qanotdan to'pni markazga uzatdi, eronlik himoyachi bir amallab to'pni qaytardi, aks holda...

27. ZARBAA! Jasur Yaxshiboevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasini Habib Farabbasi qaytardi

24. UXXXXX! NIMALAR BO'LAYAPTI! Hozir forslar o'ng qanotdan hujumga o'tishdi va bo'sh darvoza oldiga to'p oshirildi, Ali SHojayi 5 metrlardan o'ta noaniq zarba berdi! 


21. ZARBAAAAAAA! Vakillarimiz burchak to'pini amalga oshirishdi, Yaxshiboev uzatgan to'pni Aliqulov boshi bilan darvoza tomon yo'lladi, noaniq!

18. Ogohlantirish. Eron. Orif Og'asi

18. UXXX, vakillarimiz hujumga o'tishga intilishdi, ammo eronliklar Nurillo To'xtasinovni qo'pollik bilan yiqitishdi

15. ZARBA! Dastlabki xavfli zarbani Aziz G'aniev yo'lladi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi

10. Ogohlantirish. O'zbekiston. Hojiakbar Alijonov

9.Dastlabki daqiqalarda jamoalar golga tortadigan vaziyat sodir etishgani yo'q.

3.UXX! Hozir Abduvohid Nematov to'pni ushlab olishda xatoga yo'l qo'ydi, hayriyatki barchasi biz uchun yaxshi tugadi

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

- Navbat, Eron davlat madhiyasiga

- O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda

- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqa.

- Uchrashuv soat 15:15da boshlanadi.

Reyting: -32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика