So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  111 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  25 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

O'zbekiston U-19 saralash turnirini yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 saralash turnirini yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi

O'zbekiston U-19 terma jamoasi U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash turniri ilk uchrashuvida Butan yoshlar terma jamoasini yirik – 7:0 hisobida mag'lub etdi.

Bangladesh poytaxti Daka shahrida davom etayotgan saralash turnirida bugun 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhning ilk uchrashuvida Butan yoshlariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda katta ustunlikka erishgan O'zbekiston yoshlari yakunda yirik – 7:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yinning birinchi bo'limida ikkita gol kiritgan Jasur Abduraimov jamoasi ikkinchi bo'limda Butan yoshlari darvozasiga javobsiz beshta gol kiritishdi.

Guruhning ikkinchi o'yinida Bangladesh yoshlar terma jamoasi SHri-Lankani 2:0 hisobida mag'lub etdi.

U-19 yoshlar o'rtasidagi OCH saralash.

“A” guruhi, 1-tur.

O'zbekiston U19 - Butan U19 - 7:0
Gollar: Husniddin G'ofurov (43), SHarof Muhiddinov (45), Sanjar Qodirqulov 54, Bobur Abduxoliqov (72, 80), Saidjamol Davlatjonov (88), Nurillo To'xtasinov (90+3).
O'zbekiston U19: 1.Umidjon Hamroev, 2.Islomjon Qobilov, 3.Husniddin G'ofurov, 4.Hushnudbek Avilov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Nurillo To'xtasinov, 8.SHarof Muhiddinov, 9.Sanjar Qodirqulov (Bobur Abduholiqov, 64), 10.Doston Ibragimov (Saidjamol Davlatjonov, 46), 14.Hojiakbar Alijonov, 16.Begzod G'anijonov (Suhrob Nurulloev, 43).

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика