So’nggi yangiliklar

19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  1 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  1 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  12 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  2 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  19 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  34 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining OCHda ishtirok etadigan tarkibi malum bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasining OCHda ishtirok etadigan tarkibi malum bo'ldi

SHu yilning 12–22 oktyabr kunlari Xitoyning Nankin shahrida 19 yoshgacha bo'lgan ayol futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda jami 8 terma jamoa 2 guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi.

“A” guruhidan Xitoy, SHimoliy Koreya, Tailand va O'zbekiston joy egallagan bo'lsa, “B” guruhida Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Vetnam o'zaro bahs olib boradi.

O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bosh murabbiy Bahrom Norsafarov Osiyo chempionatiga 22 futbolchini jalb qildi.

Darvozabonlar: Maftuna Jonimqulova (“Sevinch”), Sarvinoz Ergasheva (“SHo'rtan”), Nargiza Mahmudova (“Mashal”);

Himoyachilar: Zarina Boboeva (“Lokomotiv”), Gulxayo Mannaboeva (“Sevinch”), Laylo SHodieva (“Olmaliq”), Maftuna SHoyimova (“Sevinch”), Nozima Kamoltoeva (“Metallurg”), SHahnoza SHokirova (“Sevinch”), Soliha Husniddinova (“Bunyodkor”);

Yarim himoyachilar: Darina Fedosenko (“Bunyodkor”), Gulzoda Amirova (“Sevinch”), Komila Zaripova (“Olmaliq”), Feruza Boboxo'jaeva (“Sevinch”), Malika Burxonova (“Sevinch”), Umida Zoirova (“Bunyodkor”), Sevara Normurodova (“Sevinch”), Maftuna Panjieva (“Sevinch”);

Hujumchilar: SHahnoza Qurbonova (“Sevinch”), Dildora Ergasheva (“SHo'rtan”), SHoira Qo'lto'raeva (“Sevinch”), Diyora Habibullaeva (“Metallurg”).

Osiyo chempionatiga yo'l olishdan avval O'zbekiston U-19 ayollar termasi 6–11 oktyabr kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi. SHundan keyin jamoa Janubiy Koreyaning Inchxon shahridan Xitoyning Nankin shahriga uchadi.

Quyida 19 yoshgacha ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionati “A” guruhi taqvimi bilan tanishing:

15 oktyabr, yakshanba


12:00  Xitoy – O'ZBEKISTON
16:00  SHimoliy Koreya – Tailand

18 oktyabr, chorshanba

12:00  Tailand – Xitoy
16:00  O'ZBEKISTON – SHimoliy Koreya

21 oktyabr, shanba

12:00  Xitoy – SHimoliy Koreya
16:00  Tailand – O'ZBEKISTON

Izoh: Uchrashuv soatlari Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Malumot uchun, guruh bosqichida 1–2 o'rinlarni egallagan terma jamoalar yarim finalga chiqadi. Osiyo chempionati yakunida 1–3 o'rinlarni egallagan terma jamoalar esa 2018 yili Franciyada bo'lib o'tadigan 20 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanma oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика