O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
14 apr 08:06
Yangiliklar
O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi navbatdagi g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Avvalo barchani qiyin g'alaba qo'lga kiritilgani bilan tabriklayman. Sababi bugungi o'yini oson o'tdi demagan bo'lardim. Chunki BAA ham ushbu yosh toifada Osiyoning kuchli jamoalardan biri edi.
O'yin haqida keladigan bo'lsak, BAAni o'yindan oldin o'rganib chiqqanimizda, jamoa asosan hujum boshlashda muammolarga uchrashini sezgandik. Birinchi bo'limdagi taktik rejamiz bo'yicha biz yuqori pressing qilib, raqib maydonida ko'proq harakat qilish edi. Asosiy vazifa ko'proq gol urish edi birinchi bo'limda va buni futbolchilar yaxshi uddalashdi deb o'ylayman. Raqibga hujum boshlashda hech qanday imkoniyat qoldirmadik. O'zimiz esa tezkor hujumlarga o'tib, ko'plab golli vaziyatlar yaratdik.
Birinchi bo'limdan so'ng futbolchilarga bo'shashmaslikni va ikkinchi bo'limda yanada hujumkor futbol ko'rsatish bo'yicha ko'rsatma berdik. Biroq bu yosh bilan bog'liq bo'lsa kerak, 3:0 dan so'ng shogirdlarim o'yinni erta tugatib qo'yishdi. Shu sababli ikkinchi bo'limda o'yinimiz biroz o'xshamadi. Shuningdek, keyingi o'yini o'ylagan holda tarkibda bir nechta o'zgarishlar qildik.
Turnir ancha og'ir o'tmoqda, bu vaqtda futbolchilardan to'g'ri foydalanish ham juda muhim. Shuning uchun har bir uchrashuvda barcha futbolchilarning holatini muntazam tekshirib bormoqdamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar