So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  2 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  13 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  11 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  8 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  1 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

O'zbekiston U-17 sardori Lazizbek Mirzaev: "Jahon chempionati har bir futbolchi uchun katta motivaciya va imkoniyat hisoblanadi" Yangiliklar

O'zbekiston U-17 sardori Lazizbek Mirzaev: "Jahon chempionati har bir futbolchi uchun katta motivaciya va imkoniyat hisoblanadi"

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi joriy yil Indoneziya mezbonlik qiladigan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Kecha mazkur musobaqaning guruh bosqichi uchrashuvlariga qura tashlandi. Yakuniy natijalarga ko'ra vakillrimiz Ispaniya, Mali va Kanada bilan bir kvartetdan o'rin oldi. Saytimiz muxbiri Abdulaziz Iskandarov bu borada terma jamoamiz sardori Lazizbek Mirzaevning fikrlari bilan qiziqib ko'rdi. 


"Qura tashlash marosimida Ispaniya terma jamoasini kutgan edim. Baribir Evropani top jamoalaridan biri tushishi aniq edi. Ularning kattalar terma jamoalari qanday natijalar qo'lga kiritganini, Jahon va Evropa chempionlari bo'lganini bilamiz. SHaxsan o'zim ularni ko'p kuzatganman. Kanadada ham futbolga etibor yaxshi, deya olaman. Sovuq mamlakat bo'lgani uchun Indoneziyada qiynalishsa kerak. Afrika jamoalari esa har bir yosh toifasida kuchli hisoblanadi. Uchta terma jamoa ham bir-biriga etarlicha qarshilik ko'rsatadi, deya olaman. 

Bizga kim tushishidan qatiy nazar har doim g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Bu barchamiz uchun ilk Jahon chempionati. Turnirdan ko'p narsa kutmoqdamiz. Maqsadimiz finalgacha etib borish va chempion sifatida ortga qaytish. Bu oson bo'lmaydi. Barchamiz oldimizda qanday ishlar borligini sezib turibmiz. 

Jahon chempionati futbolchilar uchun katta imkoniyat va motivaciya hisoblanadi. Bunday saviyadagi turnirda qatnashish har doim foyda beradi, deb o'ylayman. Musobaqada imkon qadar jamoamga yordam berishga va ko'p gol urishga harakat qilaman. Kamida paslarim bilan samara keltirishni istayman",- deydi Lazizbek Mirzaev.

 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика